Vashington palmasi (Washingtonia filifera (Linden ex Andrе) H.Wendl.) Пальма вашингтония.
Palma daraxti AQSh prezidenti Jorj Vashington sharafiga nomlangan. Vashington palmasi balandligi 18 m gacha, ba’zan esa eng yaxshi sharoitlarda 25 m gacha o‘sadi. Barglari tikanli bo‘lib, uzunligi 1,5–2,0 m varaqalar ega. Ular uzun, ipga o‘xshash, oq tolalarga ega va barg bandi sof yashil rangda, sariq qirrali. Tansi kulrang va sarg‘ish, barglari kulrang yashil rangda. Vashington palmasi odatda 80 yildan 250 yilgacha yoki undan ko‘proq yashaydi.
Vatani G‘arbiy Amerika qo‘shma Shtatlari va quyi Kaliforniya. Uyda Vashington palmasi urug‘lari yordamida ko‘paytiriladi. Urug‘larini ekish ishlari bahor mavsumida, aniqrog‘i martdan aprelgacha amalga oshiriladi. Yangi va sog‘lom urug‘lar eng yuqori unib chiqish xususiyatiga ega. Turli xil tropik sharoitlarga moslashgan.
Bu tur serhosil tuproqlarning yuqori namligi ko‘p bo‘lganda tez o‘sadi. Tur qurg‘oqchilikka chidamli. U quyoshning to‘liq ta’sirida rivojlanadi, u kuchli shamol va sho‘rlanish ta’siriga chidamli, ammo sovuqqa sezgir. Mevasi hayvonlar uchun oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Gullagan paytda asalari turlari uchun oziq-ovqat manbayi hisoblanadi.
Interyer dizaynida asosan kichik yoshlilari ekiladi. Avtomobil yo‘l yoqalariga ekish tavsiya etilmaydi. Ko‘kalamzorashtirilgan hududlarda asosan yakka holda ekiladi.