The site is running testing mode

Single contact number (+998) 71 2000036; Helpline (+998) 71 2335623

“Dorivor va manzarali o‘t o‘simliklar introduksiyasi” laboratoriyasi

Ustuvor yo‘nalishlari:

  1. “Dorivor va manzarali o‘t o‘simliklar introduksiyasi” laboratoriyasi kolleksiyalarida mavjud bo‘lgan o‘simliklarni kolleksiyalarda genofond sifatida saqlash; tashkil etilgan farm-zonalar kesimida istiqbolli dorivor o‘simliklarni introduksiyasi, akklimitizatsiyasi xamda yetishtirish va ulardan sifatli xom ashyolar tayyorlash bo‘yicha tegishli muassasalar bilan ilmiy xamkorlikni amalga oshirish.
  2. Dorivor o‘simliklar qaysi kasalliklarga qo‘llanilishi, pasporti, QR code raqami, har bir viloyatlardagi areali to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlarni yozilishi uchun maxsus etiketkalar dizaynlarini yaratish;
  3. Dorivor va manzarali o‘t  o‘simliklarni urug‘dan hamda  qalamchalar tayyorlash yordamida ko‘paytirish;
  4. Laboratoriya uchastkasida qora sedana (Nigella sativa), oddiy zig‘ir (Linum ussitatissimum) va zira (Elwendia persica) o‘simliklarini agrotexnik ishlov berib urug‘larini ekish, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish; 
  5. Ilmiy natijalar asosida respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish.

Laboratoriyaning ilmiy yutuqlari:

Laboratoriya kolleksiyasidagi o‘simliklarni saqlash va boyitish maqsadida, o‘z vaqtida (mavsumiy) agrotexnik tadbirlar amalga oshirilib, o‘simliklarni parvarishlash, urug‘ va qalamchalardan ko‘paytirish ishlari muntazam ravishda olib borildi. Bevosita, kolleksiyadagi mavjud turlarni saqlash va mazkur turlarga bo‘lgan talabgorlar (sotib oluvchilar) uchun yetkazib berish maqsadida, o‘simliklarning ekish materiallari (urug‘, ko‘chat) tayyorlandi. Jumladan, joriy yildamavjud turlardan vegetativ va urug‘idan ko‘paytirish orqali Lavandula angustifolia L., Convallaria majalis L., Rosmarinus officinalis L., Echinacea purpurea L. turlarining ko‘chatlari tayyorlandi.

Indeks orqali kolleksiyada mavjud bo‘lmagan Valeriana coronata L., V. dentate (L.) Pollich, Crocus speciosus M. Bieb., C. angustifolius West. turlari va Bergenia ugamica V.N.Pavlov (O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi 2019), U. sewerzowii (Regel) B. Fedtsch, Ziziphora pedicellata Pazij & Vved. kabi turlar tabiiy o‘sish hududlaridan tirik namunalarini keltirish orqali boyitildi.

Hozirgi kunda, kolleksiya maydonida 38 oila 77 turkumga mansub, 94 tur dorivor o‘simliklarning 2500 ga yaqin tirik namunalari mavjud bo‘lib, kolleksiyada Lamiaceae oilasining Salvia turkumi, Asteraceae oilasining Echinacea turkumi, Iridaceae oilasining Crocus turkumi yetakchilik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4670-son Qarorining
7-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston florasidagi kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi 23 turdagi dorivor o‘simliklar ro‘yxati shakllantirilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. Mazkur ro‘yxatda respublika florasida kamayib borayotgan tabiiy holda tarqalgan dorivor o‘simliklar nomi (o‘zbek, rus, ilmiy), tarqalish hududi, foydalaniladigan qismi (xom-ashyo) va kamyoblik maqomi yoki kamayish sababi bo‘yicha parametrlari inobatga olindi.

Keyingi yillarda florada kamayib borayotgan mazkur tularni tirik kolleksiyasini tashkil qilish, introduksiya sharoitida bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va tehlil orqali turlarning ko‘paytirish hamda yetishtirish usullarini ishlab chiqish bilan birga, o‘simliklarni reintroduksiya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Shuningdek, o‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanishda ajratiladigan yillik kvotalar hajmini belgilash va bevosita o‘simliklar tabiiy populyatsiyalarining hozirgi kundagi holatini o‘rganishga qaratilgan dala tadqiqotlari doirasida Pomir-Oloy tizmasi endem o‘simligi Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) turining biologik va ekspluatatsion zaxiralari o‘rganildi. Unga ko‘ra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘li hududlariga (Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlari, Bobotog‘) uyushtirilgan dala tadqiqotlari natijalarini tahlil qilish natijasida, o‘simlikning kam sonli, kichik populyatsiyalari faqatgina respublikaning chegara va chegara oldi hududlarida saqlanib qolganligi, mazkur saqlanib qolgan populyatsiyalar tarkibida individlar yosh ko‘rsatkichlarining qisqarib ketganligi kuzatildi. Bevosita, o‘rganilgan hududlar kesimida, olingan ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, o‘simlikning ekspluatatsion zaxirasi 50,825 tonna ekanligi aniqlanib, mazkur ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Kolleksiyada dorivor o‘simliklarning introduksiya sharoitida bioekologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar bo‘yicha, Origanum vulgare L.  turining o‘sish va rivojlanishiga tuproq namligining ta’sirini o‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘simlik ekilgan maydonga turli variantlar asosida, ya’ni vegetatsiya davomida 10 marta va 16 marta sug‘orishni amalga oshirish ko‘zda tutildi. 10 marta sug‘orilgan variantda tuproq namligi 40-50 sm li qatlamda mart- aprel oyida o‘rtacha 22,9-18,8%, mayda 15,2%, iyunda 12,6%, iyulda 9,8%, avgustda 12,61%, sentabrda 16,9% oktabrda 18,2% va noyabr oyida 25,8% oralig‘ida nam saqlangani aniqlandi. 16 marta sug‘orilgan variantda esa bu ko‘rsatkichlar 40-50 sm qatlamda iyun va iyul oylarida nisbatan past 13,5,-8,9% bo‘lganligi aniqlandi. Tuproqdagi o‘rtacha namlik aprel oyida 26,2,%, mayda 16,5%, avgustda 10,2% ni tashkil etdi. Mos ravishda o‘simliklarning balandligi o‘rtacha 61,1±1,5 sm va 101,5±2,8 sm ni tashkil etganligi aniqlandi.

Inula helenium turining laboratoriya sharoitida +15, +20, +250S li haroratda petri kosachasida urug‘larining unuvchanligi o‘rganildi. Urug‘lar +150S li haroratda 18 kun ichida unib chiqdi, hamda urug‘larning unuvchanligi 22±0,21 % ni tashkil etdi. +200S li haroratda esa 12 kun ichida unib chiqdi, hamda urug‘larning unuvchanligi esa 35±0,36 % ni tashkil etdi. +250S li haroratda esa 14 kun ichida unib chiqdi, hamda urug‘larning unuvchanligi esa 74±0,85 % ni tashkil etdi. Kuzatishlarimiz natijalariga ko‘ra, o‘simlikning urug‘lari +15 – 200S haroratda yaxshi unmadi. Yuqori haroratda +250S da urug‘larining unuvchanligi yuqori 74% ekanligi aniqlandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat dasturlari doirasida, bajarilishi 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy loyihalar 28-turi tanlovida, laboratoriya tomonidan taqdim etilgan “Respublikamizning adir mintaqasi lalmi yerlarida qora sedana (Nigella sativa), oddiy zig‘ir (Linum ussitatissimum) va zira (Elwendia persica) plantatsiyasini tashkil etish” mavzusidagi amaliy loyihasi g‘olibligi qo‘lga kiritildi va moliyalashtirildi.

Nashrlar (ilmiy maqolalar):

  1. Chronicles of nature calendar, a long-term and large-scale multitaxon database on phenology. Scientific data 7. Article number 47 (2020). 11 February 2020.1/40Otso Ovaskainen et al.,

  2. Big life cycle Agropyron cristatum (L.) Beauv. in the conditions of cultureJournal of Novel Applied Sciences. 2020-9-1/13-19. 2/6V. Makhmudov

  3. Перспективы создания GLOBAL ALLIUM GARDEN TASHKENT CENTER В Ташкентском ботаническом саду. Научные труды Чебоксарского филиала Главного ботанического сада им. Н.В. Цицина РАН. Выпуск 15. Чебоксары, 2020. С. 203-207. 4.

  4. Big life cycle Hordeum bulbosum L. in cultural conditionsInternational Journal of Botany Studies, Volume 5; Issue 6; 2020; Page No. 56-61        1/5V. Makhmudov

                                                                    Laboratoriya xodimlari

Image 1

Xojimatov Olimjon Qahharovich Laboratoriya mudiri, professor

Image 2

Samadov Ismatjon Neʼmat oʼgʼli
Kichik ilmiy xodim

Image 3

Fahriddinova Durdona Kuchkar qizi
Kichik ilmiy xodim

Image 1

Erdonov Sherzod Boboqulovich Kichik ilmiy xodim

Image 2

 Nurmatova Marziya Rahmonovna Laborant


×