Single contact number (+998) 55 512 14 24; Helpline (+998) 55 514 14 24

Botanika bogida direktor lavozimida ishlagan xodimlar

Botanika bog‘ida direktor lavozimida ishlagan xodimlar

F.I.Sh

Tug‘ilgan yili

Direktorlik davri

1

Rusanov Fyodor Nikolaevich

29.05. 1895- 1.02. 1979-

1950-1978

Botanika bog‘i direktori

2

Usmanov Axmed Usmanovich

1911-1987

1978-26.02.1985

Botanika bog‘i direktori

3

Zokirov Po‘lat Kadirovich

15.01.1932-21.12.1993

01.04.1985

20.11.1993

Botanika bog‘i  direktori

4

Sharipov Asatilla Xikmatovich

02.10.1936-

2014 yil noyabr

20.11.1993

13.07.1998

Botanika bog‘i direktori

5

Ashurmetov Ozodbek Ashurmetovich

09.05.1945-

07.07.2008

13.07.1998

01.07.2003

Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazi va Botanika bog‘i bosh direktori

 

6

Nuraliev Xamra Xaydaralievich

02.12.1966

2003-2008

Botanika bog‘i direktori

7

To‘xtaev Boboqul Yorqulovich

13.10.1958

01.07.2008

20.09.2014

Botanika bog‘i direktori

8

Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich

31.12.1973

20.09.2014

31.12.2015

Botanika instituti va Botanika bog‘i direktori

9

Abdinazarov Sodiqjon Xoliqnazarovich

14.08.1964

04.01.2016 yildan hozirgi kungacha

Botanika bog‘i direktori

 

 

Rusanov Fyodor Nikolayevich

(29.05.1895 -1.02.1979)

 

                            https://tashkentpamyat.ru/userfiles/rusanov(3).jpg

Introduktor, xomashyoshunos, sistematik, florist, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor.

1895-yil 29-mayda Kamenka (Chelyabinsk)da tug‘ilgan. 1927-yil Omsk qishloq va o‘rmon xo‘jaligi institutini tugatgan. 1926-1929-yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Leningraddagi Qozog‘iston ekspeditsiyasining botanigi, 1929-1934-yillarda Moskvadagi Butun jahon eksperimental tibbiyot institutida botanik, 1950-1978-yillarda Fanlar Akademiyasi Botanika bog‘i direktori. 1936-yili nashr etilgan ilmiy ishlari yuzasidan nomzodlik va 1941-yili “Markaziy Osiyodagi juzg‘un turkumi turlarini kompleks o‘rganish tajribalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Asosiy ilmiy ishlari o‘simliklarni introduksiya va iqlimlashtirish muammosiga tegishli. Ushbu muammoning nazariy asoslarini ishlab chiqishga hissa qo‘shgan. “O‘zbekiston F.A. ning Botanika bog‘ida iqlimlashtirilgan do‘lanalar”, “Markaziy Osiyo sharoitida o‘simliklarni ko‘chirib o‘tqazishning nazariya va tajribalari”, “Markaziy Osiyo juzg‘unlari”, “Evrosiyoda yovvoyi kenderlar” va ‘‘O‘zbekiston dendrologiyasi’’ ko‘p jildli nashri ma’sul muharriri. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika bog‘i tashkilotchisi. Hozirgi kunda Toshkent Botanika bog‘i O‘zbekistonda o‘simliklarni introduksiya va iqlimlashtirishga hamda botanika bog‘ining gullab yashnashiga o‘zining umrini bag‘ishlagan inson Fyodor Nikolayevich Rusanov nomi bilan ataladi.

 

Usmanov Ahmed Usmanovich

(1911-1989)

  

Dendrolog, geobotanik, biologiya fanlari doktori.

Ish faoliyatini 1937-yili Fanlar akademiyasining O‘zbekiston filialidagi Botanika institutida ilmiy xodimlikdan boshlagan. 1946-1949- yillari O‘zRFA Botanika bog‘ida aspirant, 1949-yildan, 1951-yilgacha O‘zRFA Botanika institutida kichik ilmiy xodim, direktor va ilmiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. 1951- yili “Angren daryosi tog‘li qismi havzasining o‘simliklar qoplami” mavzusida nomzodlik va 1966-yili “O‘rta Osiyoning yovvoyi va ma’daniy teraklari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. A.U. Usmonov 120 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop asarlar yaratgan. “O‘zbekiston dendrologiyasi” (Toshkent:1971), “O‘simliklarni introduksya qilish va ko‘kalamzorlash” (Toshkent,1971), “Dendrologiyadan o‘qish kitobi” (Toshkent,1976), “O‘rta Osiyoning daraxt va butalari” (Toshkent,1974) shular jumlasidandir.

Ilmiy izlanishlari teraklarning biologiyasi, ekologiyasi va o‘rmon xo‘jaligida tutgan o‘rnini aniqlashga qaratilgan. A.U. Usmonov tez o‘sadigan terak turlari va duragaylarini ishlab chiqarishga keng joriy etdi.

A.U.Usmonov 1978-26.02.1985 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bog’i direktori lavozimida ishlagan.

 

Zokirov Pulat Qodirovich

[15.01.1932 -21.12.1993]

Geobotanik, xomashyoshunos, ekolog, biologiya fanlari doktori , professor, O‘zRFA ning muxbir a’zosi.

1932-yil 15-yanvarda, Qirg‘izistoning Jalolobod viloyatida tug‘ilgan. Geobotanik, 1989-yilda Ozbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, 1971-yilda biologiya fanlari doktori, 1983-yilda professor unvonini olgan. 1