Laboratoriyaning ilmiy tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
kolleksiyada mavjud turlarni saqlash;555
xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor va xo‘jalik qiymatiga ega O‘zbekiston yovvoyi o‘simlik turlarining urug‘larini genbankini va tirik kolleksiyasini yaratish;
Botanika bog‘i sharoitida introduksiya qilingan yangi istiqbolli dorivor o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi bo‘yicha fenologik, shuningdek, ba’zi turlarining anatomik tadqiqotlarini olib borish;
Farmasevtika bog‘ini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlarni amalga oshirish.
Dorivor o ̒simliklar introduksiyasi laboratoriyasi
1950-1965 yillar mobaynida akademik F.N. Rusanov boshchiligida Yer sharining deyarli barcha floristik oblastlaridan o‘simliklar yig‘ib kelindi va ularning namunalari tuzildi. 1951 yilda Toshkent botanika bog‘ining hozirgi joylashgan hududida foydali o‘simliklar tajriba maydoni yaratilgan, u yerda 170 turdagi dorivor o‘simliklar kolleksiyasi yetishtirilgan. Ularning boshlang‘ich introduksiyasi bo‘yicha tadqiqotlar Q.X. Xodjayev tomonidan olib borilgan.
Q.X. Xo‘jayev va X.X. Xolmatovlar (1963, 1965) esa kolleksiyadagi dorivor o‘simliklarni madaniy holda o‘stirish va ularga qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlari ustida ilmiy ishlar olib borilgan.
1970 yilda Dorivor o‘simliklar introduksiyasi laboratoriyasi tashkil etilgan. Undan keyingi davrlarda dorivor o‘simliklar kolleksiyasi 400 turga ko‘paytirilgan. Asosan dunyoning ko‘plab floristik mintaqalaridan dorivor o‘simlik turlari olib kelingan. Laboratoriya maydonida dorivor o‘simliklar turli guruhlarga bo‘linib yetishtirilgan: Yevropa, O‘rta yer dengizi, Markaziy Osiyo, Uzoq Sharq, Amerika, tropik va subtropiklardan, shuningdek, vitaminli naʼmataklar, efir moyi atirgul navlari, aroniya va boshqa daraxtlar hamda butalarning kolleksiyalaridan iborat bo‘lgan.
1974 yildan boshlab laboratoriya (Yu.M. Murdaxayev, T.S. Safarov) xodimlari Janubi-G‘arbiy Tyan-Shanning o‘rta tog‘ mintaqalarida dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha birinchi xo‘jalik shartnomasini bajarishgan. Ushbu sana O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligining yangi tarmog‘i – dorivor o‘simlikchilikning rivojlanishining boshlanishi deb hisoblanadi.
1976-1990 yillarda respublikaning barcha hududlarida sug‘oriladigan yerlarda dorivor o‘simliklarning 50 ta istiqbolli turlari, shakllari va navlarini madaniylashtirish bo‘yicha keng geografik sinovlar o‘tkazilgan (Yu.M. Murdaxayev, E.I. Girshevich, T. Safarov). Ulardan 35 tur, shakl va navlari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan; dastlabki urug‘lar, ekish materiallari va tavsiyalar tayyorlangan hamda ixtisoslashgan xo‘jaliklarga foydalanish uchun berilgan.
Jumladan, Y.M. Murdaxayev (1974-1990) tomonidan Nyphaceae DC., Nelumbonaceae A.Rich., Trapa L., Mentha L., Brasenia schreberi J.F.Gmel., Styphnolobium japonicum (L.) Schott, Orthosiphon aristatus var. aristatus, Solanum laciniatum Aiton, Leuzea carthamoides (Willd.) DC., Mandragora turcomanica Mizgir., Aerva lanata (L.) Kuntze va boshqa o‘simliklar introduksiya qilingan. Sharqiy Osiyo florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarning mavsumiy rivojlanishi turli xil sharoitlarda (soya va quyoshli ekspozitsiyasida, soya-quyosh ekspozitsiyalarida sug‘orish miqdori bilan) o‘rganilgan.
T.S. Safarov (1982) Janubiy-G‘arbiy Tyan-Shan o‘rta tog‘ mintaqasida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va buta o‘simliklarning introduksiyasi bilan shug‘ullangan. N.A. Toshmatova (1975) Hyssopus L. turkumi turlarining introduksiyasi, O.A. Titova (1988) 40 ga yaqin Eremurus M. B., Allium L., Crocus L., Juno Tratt., Asparagus L. turlari va T.T. Tursunov (1987) Sophora korolkovii Koehne. o‘simliklarining introduksiya sharoitida o‘sish va rivojlanishidagi o‘zgarish jarayonlarini ilmiy jihatdan tahlil etgan.
Uzoq muddatli tajribalar tahlili natijasida turli sharoitlarda yetishtirilgan, shuningdek, yashash joyi, ekologo-geografik belgilari va hayotiy shakllari bo‘yicha guruhlangan 325 turdagi dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va raqobatbardoshligi baholangan. Barcha introdutsent o‘simliklar uchun ularni yetishtirish jarayonida atrof-muhitning cheklovchi omillari, fenofazalar o‘rtasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar aniqlangan va yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
B.Yo. To‘xtayev (1995-2009) O‘zR FA Botanika bog‘i Dorivor o‘simliklar laboratoriyasida mavjud turlardan 37 oila va 90 turkumga 77 ta ko‘p yillik va 34 ta bir-ikki yillik hayotiy shakliga mansub 111 tur introdutsent dorivor o‘simliklarni sho‘r tuproqlarda introduksiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida sho‘rga chidamli turlarni tanlash maqsadida o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash va bioekologik xususiyatlarini o‘rganish, ularning ayrimlaridan o‘zlashtiruvchi o‘simliklar sifatida foydalanish bo‘yicha ilmiy xulosalar olingan. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra sho‘r tuproqlarda introduksiya qilingan 111 turdan 69 tasi unuvchanlik va ko‘karuvchanlikka ega bo‘lgan. Ulardan 31,5% turlar vegetatsiya davomida saqlanmagan, 72 tur o‘simliklar urug‘idan introduksiya qilinib, shundan 66,7% saqlangan. 39 tur o‘simliklar vegetativ usulda ekilgan bo‘lib, 64,1% saqlangan. Introduksiya jarayonida sho‘r yerlarda 47 tur o‘simliklarning o‘sganligi qayd etilib, ulardan 19 turi ikki xil darajada sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sganligi kuzatilgan.
E.E. Abdinazarov (2009) tadqiqotlari Valeriana officinalis turini ilk marta Toshkent vohasi sharoitida ontogenezi, morfobiologik va bioekologik xususiyatlari, mavsumiy rivojlanish maromi, urug‘ mahsuldorligi, suv rejimi va ko‘paytirish usullari hamda kimyoviy tarkibi, o‘simlik urug‘larini ekish agrotexnikasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Shuningdek, F.M. Dusmuratova (2011) tomonidan Toshkent Botanika bog‘ining ikki xil (quyosh va soya) ekspozitsiyasida Atropa belladonna turining morfologik va bioekologik xususiyatlari qiyosiy o‘rganilgan. O‘simlik gullash biologiyasi, urug‘ mahsuldorligi, suv rejimining asosiy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan, shuningdek, yer ustki qismining hosildorligi aniqlanib, uning kimyoviy tarkibi tahlil qilingan va yetishtirish yo‘llari ishlab chiqilgan.
A.V. Mahmudov (2017) Crocus L. turkumi turlarining O‘zbekiston sharoitida introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida, Toshkent va Farg‘ona sharoitlarida Crocus turkumi turlarining ontogenez davrlari, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari qiyosiy aniqlangan, mazkur turkum turlarining kunlik va mavsumiy gullash dinamikasi ochib berilgan. Turli sharoitlarda C. alatavicus va C. korolkovii lar potensial va haqiqiy urug‘ mahsuldorligi aniqlangan. Crocus turkumiga mansub turlar yer ustki qismining fitokimyoviy tarkibi asoslangan. O‘simliklarni turli sharoitlarda ko‘paytirish va yetishtirish yo‘llari ishlab chiqilgan.
“Dorivor o‘simliklarni introduktsiyasi: kollektsiyani to‘ldirish va saqlash hamda O‘zbekiston florasining iqtisodiy qimmatli o‘simlik turlarining genetik bankini yaratish” mavzusidagi davlat dasturi doirasida 2022-yilda Hyssopus officinalis L. vа Agastache foeniculum (Pursh) Kuntze turlarini anatomik tuzilishini o‘rganish asosida ularning vegetativ organlarida ichki ajratuvchi to‘qimaning mavjud emasligi, balki barg, barg bandi va poyadagi bir hujayrali va ko‘p hujayrali oddiy trixomalar, shuningdek, uch hujayrali oyoqchadan va ikki hujayrali yumaloq boshdan iborat bezsimon trixomalar va efir moyli sakkiz hujayrali trixomalarning mavjudligi hisobiga barg va o‘q organlarda biologik faol moddalar to‘planishi aniqlangan. Mazkur diagnostik belgilar doimiy taksonomik belgi hisoblanib, sistematikada va turning xom-ashyosini identifikatsiyalash jarayonida foydalaniladi.
Tadqiqotlar davomida Ungernia sewerzowii (Regel) B.Fedtsch., Mediasia macrophylla Pimenov, Lagochilus inebrians Bunge va Hippophae rhamnoides L. turlarining tabiiy muhitdan keltirilgan tirik namunalari dorivor o‘simliklar kolleksiya maydonida ekilgan. Turlarni bioekologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida Ungernia sewerzowii turi Toshkent botanika bogʻining tuproq-iqlim sharoitiga moslanganligi qayd etilgan. Ungernia sewerzowii ning tabiiy fitotsenozlarini tadqiq qilishga qaratilgan tadqiqotlar doirasida, Toshkent viloyatida Bo‘stonliq tumani Chimyonsoy hududi va Oqtosh (Kengsoy) hududlaridan ajratilgan senopopulyatsiyalarining fitotsenotik tavsifi o‘rganildi. Unga ko‘ra, tur tarqalgan hududlarda tuproqning o‘simliklar bilan qoplanish darajasi o‘rtacha 35-50% ni tashkil qilishi aniqlandi. Tur tarqalgan senopopulyatsiyalarda Juniperus seravschanica Kom., Prangos pabularia Lindl. (SP 1), Salix blakii Goerz, Ephedra equisetina Bunge (SP 2) dominant tur sifatida ishtirok etishi qayd etildi.
2023-yilda kolleksiyadagi mavjud bo‘lgan dorivor o‘simliklarning reviziyasi davomida introduksion barqarorlik ko‘rsatkichi aniqlandi. Bunga ko‘ra, yuqori barqaror o‘simliklar 81 turni tashkil etib, ular turli geografik mintaqalardan (Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika) keltirilgan o‘simliklarni tashkil etdi. Mazkur o‘simliklar ritmik jarayonlarining barqarorligi, yangi iqlim va tuproq sharoitlarga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Bu guruhga mansub turlarga hayotiy holati yuqoriligi, gabitusini tabiiy o‘sish muhitlariga mos kelishi, hayotiy shaklini saqlanib qolishi va baʼzi turlarida ontogenez bosqichlarining tezlashuvi xarakterlidir. Shuningdek, ularda o‘simliklar intensiv ravishda ko‘payib, o‘z-o‘zini tiklashga (urug‘ hosil qilishi) va o‘sish maydonlarini kengaytirishga imkoniyati mavjud. Barqaror turlar guruhiga 10 tur kiritildi. Ularda ham yuqorida ko‘rsatilgan xususiyatlar qayd etilib, asosiy farqli jihati sifatida o‘z-o‘zini tiklay olmasligi, yaʼni urug‘ hosil qilmasligi bilan ifodalanadi.
Dorivor o‘simliklar kolleksiyasini qaytadan inventarizatsiya qilish asosida 13 ta bir yillik o‘simliklar, 3 ta ikki yilliklar, 55 ta ko‘p yillik (jumladan, ildizpoyali 17 ta, tuganakli 1 ta, o‘q ildizli 33 ta, piyozboshli 2 ta, tuganakpiyozli 2 ta), 1 ta liana, 5 ta yarim buta, 3 ta buta va 13 ta daraxt hayotiy shakllaridan iborat katalog tuzildi.
Xalq tabobati va yuqori darajada xo‘jalik qiymatiga ega bo‘lgan dorivor o‘simlik – Megacarpaea gigantea Regel tadqiq etishga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, mazkur tur urug‘lariga o‘t pufagi va buyrak tosh kasalliklarida yaxshi samara beruvchi davo vositasi sifatida talab ortmoqda. O‘simlikning tabiiy populyatsiyalari qisqarib borayotganligini inobatga olgan holda ilk bor meva va urug‘i anatomik o‘rganilgan va perikarpiy asosan sklerifikatsiyalashgan va spermodermasi esa pardasimon va yupqa qavatdan iboratligi aniqlangan. Urug‘ unuvchanligini past darajada bo‘lishi perikarpiyning sklerifikatsiyalashishi va murtakdagi organlarning mirozin hujayralarida o‘ziga xos yog‘ kislotalarini ingibirlovchi xususiyati bilan bog‘liqligi qayd etilgan.
Introduksiya sharoitida Ferula tadshikorum Pimenov turining 5 yillik o‘simliklar barg morfologiyasini asosiy xususiyatlari tabiiy sharoitda o‘sadigan 12 yillik va undan yuqori virginil yosh bosqichidagi o‘simliklarga mos kelishi qayd etilgan. Bu holat introduksiya sharoitida ontogenez bosqichlarini jadal surʼatlarda kechayotganligidan dalolat bergan.
Agastache foeniculum, Hyssopus officinalis larning 2023 yilgi vegetatsiyasi, g‘unchalash va gullash fazalarining boshlanishi 2022 yilga nisbatan 7-10 kun ertaroq bo‘lganligi kuzatilgan. Agastache foeniculum ning generativ davrining davomiyligi may oyidan to oktyabr oyining boshlarigacha davom etgan. Shundan 80–92 kun g‘unchalash bosqichi, gullash bosqichi 104–122 kun va urug‘ pishish bosqichi 45–50 kunga to‘g‘ri kelgan. O‘simlikning umumiy vegetatsiya davri esa 207–213 kunni tashkil etgan. Hyssopus officinalis ning generativ davrining davomiyligi aprelning oxiridan to oktyabrning boshlarigacha davom etgan. Hyssopus officinalis ning ko‘p yillik tuplarining g‘unchalash fazasi davomiyligi 53–62 kun, gullash bosqichi 116–122 kun, urug‘larining pishish bosqichi 85–93 kun, umumiy vegetatsiya davrining davomiyligi 185–188 kun ekanligi aniqlangan. O‘simliklarning gullash davrida fitokimyoviy tarkibi o‘rganilganda, quruq xomashyosida Hyssopus officinalis da 1,42 %, Agastache foeniculum da 2,85% gacha efir moyi bo‘lishi aniqlangan.
Ruta graveolens L. ning kolleksiyada mavjud o‘simliklarning balandligi o‘rtacha 91,6±2,18, generativ poyalar soni o‘rtacha 8,9±0,87 ni tashkil qilishi aniqlangan. Sutkalik gullashining boshlanishida (2.06.2023) ertalab soat 1000 da havo harorati 20,2-26,00C, havoning nisbiy namligi 25,2-35% bo‘lganda 1 tadan gul ochilishi kuzatilgan. Mavsumiy gullash maromi iyun oyidan avgust oxirigacha davom etishi kuzatilgan. Mavsumiy gullash davomida bir tupda 51 tadan 70 ta gacha gullarining ochilishi aniqlangan. Bitta gulning ochilib turish davomiyligi 6-7 kunni tashkil etgan.
Ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kamyob tur Ferula moschata ni tirik namunalari kolleksiya maydonida introduksiya qilinganligi, ammo mazkur tur Toshkent botanika bogʻining tuproq-iqlim sharoitiga moslashmaganligi olib borilgan tajribalarda aniqlangan.
2024-yilda Toshkent Botanika bog‘i hududidagi ochiq dala va konteyner sharoitlarida uchta dorivor va ozuqabop o‘simlik turlarini – Curcuma longa, Curcuma zedoaria va Cyperus esculentus introduksiya qilish bo‘yicha olib borilgan ishlar shuni ko‘rsatdiki, Curcuma longa, Curcuma zedoaria faqat issiqxona yoki xona sharoitida o‘stirish uchun mos keladi. Cyperus esculentus esa yangi muhitga oson moslashadi va O‘zbekiston uchun yangi istiqbolli tur hisoblanadi.
Ferula tadshikorum oʻsimligi 6-7 va undan yuqori yoshdagi virginil oʻsimliklar tuplari ildizidan qatron-shira yigʻish uchun mos kelishi aniqlangan. Ildizni kesishning eng maqbul usuli bu radial yoʻnalishdagi koʻndalang kesiklar sanoat miqyosidagi plantasiyalarda ekilgan oʻsimliklardan qatron olishda foydalanish uchun tavsiya etilgan.
Ilk bor Sharqiy Osiyoning xalq tabobatida keng qo‘llaniladigan mahalliy turlari Abelmoschus manihot (L.) Medik. va Chamaecrista nomame (Makino) H. Ohashi Toshkent Botanika bog‘i sharoitida introduksiya qilingan. Mazkur turlar vegetatsiyasi (bahorgi-yozgi-kuzgi) uzoq vaqt davom etuvchi o‘simlik guruhiga kirib, yangi sharoitda fenoritmining o‘zgarishi havo haroratining quruq va issiq bo‘lishiga bog‘liqligi qayd etilgan. Adabiyot maʼlumotlariga ko‘ra, tabiiy sharoitda
Abelmoschus manihot avgust oyidan boshlab gullashi, ammo bizning kuzatishlarimizda iyun oyidan to kuzgi sovuqlar boshlanguncha davom etishi aniqlangan. Chamaecrista nomame ning virginil bosqichi uzoq davom etib, o‘simlik gullashga avgust oyida kirib, oktyabr oyida vegetatsiyasini tugatishi kuzatilgan.
Oʻrganilgan turlar ontogenez rivojlanishining toʻliq bosqichlarini oʻtadi, ya’ni urugʻdan urugʻ hosil boʻlishigacha, bu esa kelajakda Oʻzbekistonda ushbu oʻsimliklarni katta plantasiyalarda etishtirishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Senna obtusifolia (L.) H.S.Irwin & Barneby ning urug‘lari kichik hajmli konteynerlarga ekilgandan keyin 5-6 kunda unib chiqib, urug‘palla barglar poyada 60-65 kungacha saqlanishi kuzatilgan.
Senna obtusifolia ning g‘unchalash fazasi 45-50 kunni, gullash fazasi 50-55 kunni, mevalash fazasi 60-65 kunni, umumiy vegetatsiya davri 120-125 kunni tashkil etgan. Senna obtusifolia ning gullari kunning birinchi yarmida (soat 1000) ochilishi kuzatilgan. Quruq xomashyo hosildorligi o‘rtacha 75,82 gr ni tashkil etgan.
Ipomoea nil (L.) Roth ning urugʻlari aprel oyining birinchi oʻn kunligida tajriba maydonlariga ekilgan. Oʻsimlikning generativ fazasida quyidagi biometrik koʻrsatkichlari aniqlangan: oʻsimlikning balandligi 2,95±0,22 m, generativ poyalar uzunligi 2,62 ± 0,24 m, barglar soni 46,5±3,59 dona, barg uzunligi 10,11±0,49 sm, ildiz uzunligi 19,85±0.88 sm, gullar soni 42,8±2,37 dona, gul diametri 4,82±0,28 sm. Oʻsimlikning bitta mevasida 10,8±0,44 dona urugʻ yetilishi qayd etilgan. Olingan natijalar asosida Ipomoea nil ni ochiq dala sharoitida koʻpaytirish imkoni borligi isbotlangan.
Shuningdek, dorivor oʻsimliklar kollektsiyasining tajriba uchastkasida nafas olish organlari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorivor oʻsimliklarning farmasevtika bogʻi yaratildi va kelajakda dorivor oʻsimliklar kollektsiyasini Oʻzbekiston hududida oʻsuvchi yangi turlar bilan boyitish maqsadida ba’zi dorivor oʻsimliklarning urugʻlik materiallari ilmiy safarlar davomida toʻplandi. Olingan natijalar O‘zbekistonning foydali o‘simliklar turlarini respublikadagi manfaatdor shaxslar va tashkilotlar tomonidan talab qilinadigan qimmatli dorivor va ozuqabop turlar bilan boyitish imkonini beradi.
Laboratoriya xodimlari
Xojimatov Olimjon Qahharovich Laboratoriya mudiri, professor
Moyliyev Xurshid Asqarovich
Kichik ilmiy xodim
Fahriddinova Durdona Kuchkar qizi
Kichik ilmiy xodim
Erdonov Sherzod Boboqulovich Kichik ilmiy xodim
Nurmatova Marziya Rahmonovna Laborant
Ish faoliyati

Chop etilgan ilmiy ishlar 2022 y.
Ilmiy maqolalar:
Xorijiy jurnallarda (Web of Science, Scopus) – 4 tа
1. Yulchieva M.T., Dusmuratova Faxriddinova D.K. Abdinazarov S.X. The influence of separation of aboveground part on the root system of phy
Chop etilgan ilmiy ishlar 2023 y.
Ilmiy jurnallarda
Xorijiy jurnallarda (Web of Science, Scopus)9 ta
1. Duschanova G.M., Fakhriddinova D.K., Abdinazarov S.Kh., Aliyeva N.K. Structural and adaptive features of the vegetative organs of Lophanthus anisatus Benth. in the conditions of the introduction of Uzbekistan // Caspian Journal of Environmental Sciences, Vol. 21 No. 4 pp. 921-930. DOI: 10.22124/CJES.2023.7150 (Scopus CiteScore=1.8).
2. Dusmuratova F.M., Faxriddinova D.K., Berdiboeva D.B., Yulchieva M.T. Flowering biology of Salvia officinalis L. introduced in different climatic conditions of Uzbekistan // Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023. 10(2S) 1241-1256 (Scopus CiteScore=1.0).
3. Islomova, S., Asqarov, I., Bussmann, R. W., Khojimatov, O. K., Zafar, M., Makhkamov, T. (2023). Ethnobotany, medicinal utilization and analysis of biogenic elements and flavonoids of Apium graveolens and Tussilago farfara from Uzbekistan. Ethnobotany Research and Applications, 26, 1-12. (Scopus CiteScore=2.8)
4. Khamraeva D.T., Bussmann Rainer W., Abduraimov O.S., Rakhimova N.K. Adaptive mechanisms of conservation populations of rare and endemic species of Kamelinia tianschanica in Uzbekistan // Pak. J. Bot., 55(3): 1065-1074, 2023. http://dx.doi.org/10.30848/PJB2023-3(18) (Scopus CiteScore=2.3; WOS IF=1,2).
5. Khamraeva D.T., Tukhtaeva D.N., Khojimatov O.K. and Bussmann Rainer W. Ferula tadshikorum Pimenov - introduction, chemical composition and use in folk medicine. // Ethnobotany Research and Applications. 2023. 25: 24 (Scopus CiteScore=2.8).
6. Khamraeva D.T., Usmonov M.X., Bussmann Rainer W., Khalilova E.Kh., Kodirov U.Kh. New data on the morphological and anatomical structure, chemical composition and distribution area of a rare species Komarovia anisosperma in Uzbekistan // Bio. Comm. 68(1): 10–20. (Scopus CiteScore=1.2).
7. Kosimov Z.Z., Khojimatov О.K., Rainer W.B // Quantitative Ethnobotany of medicinal plants used by the mountain population of the Kitab Region, Uzbekistan // Ethnobotany Research and Applications 2023. 26:37 (Scopus CiteScore=2.8).
8. Pak V. V., Sagdullaev S. S., Pak A. V., Khojimatov, O. K. Modeling of hydrophobic tetrapeptides as a competitive inhibitor for HMG-CoA reductase //Journal of Molecular Structure, 2023. 1293, 136248. (Scopus CiteScore=6.0; WOS IF=3.8)
9. Kosimov Z.Z., Khojimatov О.K. and Bussmann R.W. //Quantitative Ethnobotany of medicinal plants used by the mountain population of the Kitab Region, Uzbekistan//Ethnobotany Research and Applications 26:37 (2023) - http://dx.doi.org/10.32859/era.26.37.1-13 (Scopus CiteScore=2.8)
Boshqa xorijiy jurnallar – 3
10. Шерзод Б. Эрдонов, Азизбек В. Махмудов, Озодбек С. Абдураимов, Акмал Л. Алламуротов, Бекзод Дж. Мавланов, Одильбек Т. Маматкасимов в заповедниках Hippophae rhamnoides L. Fruit on the Territory of the Zarafshan National Nature Park of Uzbekistan // American Journal of Plant Sciences, 2023, 14. RR.: 946-954. https://www.scirp.org/journal/ajps
11. Эрдонов Ш. Б. Динамика цветения Ruta graveolens L. в условиях Ташкентского Ботанического сада //Универсум (химия и биология). 2023. №12(114). https://7universum.com/ru/nature/archive/item/16383
12. Mahmudov A., Abduraimov O., Erdonov S., Allamurotov A,. Mahmudov V., Gayibov U., Izotova L. Bioecological features of medicinal plants in different conditions of Uzbekistan // Universum: химия и биология. 2023. 11(113).
Mahalliy jurnallarda – 15
13. Abdinazarov S., Samadov I. Trigonella foenum-graecum L. (Fabaceae Lindl.)ning laboratoriya sharotida urug‘ unuvchanligi // O‘zMUxabarlari, 2023. [3/1/1] B.7-9.
14. Abdinazarov S., Yormatova D., Samadov I. Zaytunning (Olea L.) аhamiyati va undan ekologik toza mahsulotlar olish // «AGRO ILM». –2023. Махсус сон (3) [96] B. 33-37.
15. S.Abdinazarov, D.Yormatova, I.Samadov Zaytun (Olea L.) kо‘chatlari va uni yyetishtirish agrotexnikasi O‘zMU xabarlari, 2023.3/2/1 B.6-8
16. Faxriddinova D.K., Duschanova G.М. Тошкент ва Жиззах шароитларида Lophanthus anisatus Benth. турининг ассимиляцияловчи органларининг структуравий мослашиш хусусиятлари// Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi – Xiva, 2023. 3/1-2023. B. 82-90.
17. D.K. Fakhriddinova. Lamiaceae oilasi ayrim turlarining morfo-biologik ko‘rsatkichlari. Агро-илм. Аграр-иқтисодий, илмий-амалий журнал.Тўплам Б. 30-32. 2023.
18. Murodov S.A., Xojimatov O.K.Cistanche mongolica Beckning tarqalishi va bioecologik xusisiyatlari va unuvchanligi // Oziq-ovqatxavfsizligi: milliy va global muammolar. 2023/1, Самарканд, №3, 2023. B.60-64.
19. Samadov I., Durumboyeva M. Valeriana officinalis L. (Caprifoliaceae Juss.)ning laboratoriya sharotida urug‘ unuvchanligi // Oziq-ovqatxavfsizligi: Milliy va globalmuammolar ilmiyjurnali 2023/3 B. 73-76
20. Samadov Ismatjon Neʼmat o‘g‘li Dorivor o‘simlik – Chakanda (Hippophae rhamnoides L.)ni yyetishtirish tеxnologiyasi // Ilmiy tadqiqot va innovatsiya, 2023/6. 2-tom. 4-son. B. 25-30.
21. Tuxtayeva D.N., Xamrayeva D.T. Kichik hajmli kontеynеr idishlardagi har hil tuproq ozuqa substratlarining Ferula tadshikorum urug‘lari unuvchanligiga ta’siri // Oziq-ovqatxavfsizligi: milliy va global muammolar. Samarqand, 2023. № 2. – Б. 78-82.
22. Бешко Н.Ю., Хожиматов О.К., Косимов З.З., Кодиров У.Х., Мадаминов Ф.М. Флора Хорезмского Национального природного парка // ADU ilmiy xabarnomasi, 2023. 4 (72): 19-36.
23. Бешко Н.Ю., Газиев А.Д., Мальцев И.И., Хожиматов О.К., Косимов З.З., Мадаминов Ф.М., Кодиров У.Х., Назаров Б.И., Аминджонова Г.К., Адыгезалова З.П.//Флора Дальверзинского государственного лесо-охотничьего хозяйства//ҚарДУ ХАБАРЛАРИ, № 1/1(57), 2023. С.71-85.
24. Исламова З.Б., Хожиматов О.К. Исследование элементного состава Biebersteinia multifida DC методом ICP-MS. // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi, Хива, 5-1, 2023. B.110-115.
25. Муродов С.А., Хожиматов О.К. Ўзбекистон флорасидаги Cistanche (Hoffmanns. &Link) туркуми вакилларининг этноботаник таҳлили // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси. – Хива, 5-1, 2023. B.130-134.
26. Мустафаев И.М., Хожиматов О.К., Иминова М.М., Мардонов Ш.У.Нурота тизмаси истеъмолбоп, доривор макромицетлари ва этномикологик маълумотлари // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси. – Хива, 2023. 11/1. – Б. 120-124., 2023. [3/1] C.197-200.
27. Хожиматов О. К., Хамраева Д.Т., Самадов И. История и перспективы лаборатории интродукции лекарственных растений Ташкентского ботанического сада // Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar. № 2023/1, Самарканд, 2023, с. 8-12.
Monografiyalar - 2
1. Olim K. Khojimatov, Yusufjon Gafforov, Rainer W. Bussmann// Ethnobiology of Uzbekistan: Ethnomedicinal Knowledge of Mountain Communities// ISSN 2365-7553 ISSN 2365-7561 (electronic) Ethnobiology, ISBN 978-3-031-23030-1 ISBN 978-3-031-23031-8 (eBook) https://doi.org/10.1007/978-3-031-23031-8, 1513 Pages.
2. Хамраева Д.Т. Особенности биоморфологии и структуры некоторых эндемичных родов зонтичных Средней Азии (Apiaceae Lindl.). Ташкент: LESSON PRESS, 2023; 277 с. ISBN: 978-9943-9655-3-9.
O‘quv qullanma - 1
28. Эргашева Г.С., Хамраева Д.Т., Раупова М.Х. Развитие органического мира и антропология. II часть. Учебное пособие. Ташкент: LESSON PRESS. 2023. - 312 с.
Tavsiyanoma - 2
29. Хамраева Д.Т., Тухтаева Д.Н. Доривор ўсимлик Ferula tadshikorum Pimenov ни етиштириш. Тавсиянома. Тошкент: LESSON PRESS. 2023. 22 б.
30. Islamova Z.B., Xojimatov O.K. Bibersteinia multifida DC..ning dorivorlik xususiyatlari va madaniylashtirishga oid tavsiyalar. Тавсиянома. Самарқанд: SamDU tahririy-nashriyot bo‘limi bosmaxonasi. 2023. 39 б.
31. Махмудов А.В., Абдураимов О.С., Эрдонов Ш.Б., Алламуротов А.Л., Мавланов Б.Ж., Маматқосимов О.Т. Лалми ерларда қора седана (Nigella sativa L.), оддий зиғир (Linum usitatissimum L.), экма зира (Cuminum cyminum L.) етиштириш бўйича йўриқнома. Тошкент. 2023. “MUXR PRESS” нашриёти 44 бет.
Chop etilgan ilmiy ishlar 2024 y.
Ilmiy jurnallarda:
Xorijiy jurnallarda (Web of Science, Scopus) - 3 ta
1. Khamraeva D.T., Tukhtaeva D.N., Khojimatov O.K., Bussmann R.W. Comparative anatomical study of underground and aboveground organs in Ferula tadshikorum Pimenov under natural and introduced environments // Acta biologica sibirica (Online: 2412-1908), Vol.10, 2024. pp.9-29. DOI:10.5281/zenodo.10475286 (Scopus CiteScore=1.29; WOS IF=0. Q=2)
2. Khamraeva D.T., Fakhriddinova D.K., Khojimatov O.K., Bussmann Rainer W., and Abdinazarov S.Kh. Introduction of valuable medicinal plants of traditional medicine of Lamiaceae family in the conditions of the Tashkent Botanical Garden // Ethnobotany Research and Applications 29:11(2024) рр. 1-10. http://dx.doi.org/10.32859/era.29.11.1-10 (Scopus CiteScore=1.71; WOS IF=0. Q=1)
3. Makhkamov T., Eshonkulov A., Bussmann R.W., Khojimatov O., Zafar M., Ahmad M., Ruzmetov U., Ergasheva N., Sattarov A., Po‘latova A., Karieva G., Asadullina N., Khakimova D. Ethnobotanical knowledge of medicinal plants from Bukhara Region of Uzbekistan // Ethnobotany Research and Applications 27:26 (2024) - http://dx.doi.org/10.32859/era.27.26.1-46 (Scopus CiteScore=1.71; WOS IF=0. Q=1)
Chapters/Boblar IGI Global va Springer Nature - 55
1. Jyoti Rani, Arshad Rasool, Hassan Sher, Rabia Fatima, Javeed Hussain, Muhammad Majeed, Faisal Hussain, Olim Khojimatov, Khadim Hussain// Chapter in book: Precision Farming with Nanoscale Sensors; Monitoring Soil, Water, and Crop Health//Harnessing NanoOmics and Nanozymes for Sustainable Agriculture// IGI Global. April, 2024, pp.78-99. DOI: 10.4018/979-8-3693-1890-4.ch005
2. Fatima Brahmi, Ouafae Mokhtari, Bouchra Legssyer, Rachid Touzani, Jamila Fakchich, Olim K. Khojimatov, Noureddine Chaachouay & Rainer W. Bussmann// Berberis vulgaris L., Berberis vulgaris subsp. australis (Boiss.) Heywood BERBERIDACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp.1-13. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_50-1
3. Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov, Jamila Fakchich & Mostafa Elachouri// Cichorium intybus L. ASTERACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-17. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_74-1
4. Imane Ouasti, Mohammed Ouasti, Olim K. Khojimatov, Rainer W. Bussmann & Mostafa Elachouri//Datura innoxia Mill., Datura metel L., Datura stramonium L. – SOLANACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-11. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_92-1
5. Bencheikh Noureddine, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov// Ferula assa-foetida L., Ferula communis L., Ferula longipes Coss. ex Bonnet & Maury, Ferula vesceritensis Coss. & Durieu ex Batt – APIACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2023. pp. 1-13. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_109-1
6. Noureddine Chaachouay, Mostafa Elachouri, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov//Glycyrrhiza glabra L., Glycyrrhiza uralensis Fisch. ex DC. FABACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_260-1
7. Mohammed Ouasti, Olim K. Khojimatov, Alisher N. Khujanov, Rainer W. Bussmann, Mostafa Elachouri// Helichrysum italicum (Roth) G. Don, Helichrysum sanguineum (L.) Kostel., Helichrysum stoechas subsp. barrelieri (Ten.) Nyman, Helichrysum pendulum C. Presl, Helichrysum stoechas (L.) Moench ASTERACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-8. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_249-1
8. Asmae Amirou, Hassane Mekhfi, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov//Juglans regia L. JUGLANDACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-21. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_128-1
9. Sayf-eddine Belkasmi, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov, Mostafa Elachouri//Malus domestica (Suckow) Borkh. Malus pumila Mill.Malus sylvestris (L.) Mill. ROSACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2023. pp. 1-13. DOI https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_141-1
10. Noureddine Chaachouay, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov// Origanum compactum Benth.; Origanum majorana L.; Origanum syriacum L.; Origanum vulgare subsp. gracile (K. Koch) Letsw. LAMIACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-23. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_155-1
11. Noureddine Chaachouay, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov// Plantago afra L., Plantago akkensis subsp. ounifensis (Batt.) Maire, Plantago albicans L., Plantago amplexicaulis Cav., Plantago ciliata Desf., Plantago coronopus L., Plantago lanceolata L., Plantago major L., Plantago ovata Forssk. – PLANTAGINACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-24. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_166-1
12. Imane Ouasti, Noureddine Chaachouay, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov// Prunus armeniaca L., Prunus dulcis (Mill.) D. A. Webb, Prunus cerasus L., Prunus domestica L., Prunus persica (L.) Batsch – ROSACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-23. DOI https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_168-1
13. Olim K. Khojimatov, Noureddine Chaachouay, Rainer W. Bussmann// Punica granatum L. - LYTHRACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-11. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_170-1
14. Imane Ouasti, Mostafa Elachouri, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov//Rhus coriaria L. ANACARDIACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-8. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_176-1
15. Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov// Rosa canina L., Rosa centifolia L., Rosa damascena Mill., Rosa fructicosus L., Rosa sempervirens L. - ROSACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-17. DOI https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_178-1
16. Nabia El-aouni, Widad Dahmani, Jamila Fakchich, Mostafa Elachouri, Ali Berraaouane, Abderrahim Ziyyat, Olim K. Khojimatov & Rainer W. Bussmann// Salvia verbenaca L. LAMIACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-20. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_185-1
17. Sayf-eddine Belkasmi, Mostafa Elachouri, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Silybum marianum (L.) Gaertn. ASTERACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-7. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_192-1
18. Bencheikh Noureddine, Olim K. Khojimatov, Dilovar T. Khamraeva, Mostafa Elachouri & Rainer W. Bussmann//Taraxacum erythrospermum Andrz. ex Besser, Taraxacum obovatum (Willd.) DC., Taraxacum officinale F. H. Wigg. ASTERACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-14. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_253-1
19. Jamila Fakchich, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov, Noureddine Chaachouay// Thymus algeriensis Boiss. & Reut., Thymus broussonetii Boiss., Thymus hyemalis Lange, Thymus maroccanus Ball, Thymus maroccanus subsp. leptobotrys (Murb.) Dobignard, Thymus munbyanus subsp. ciliatus (Desf.) Greuter & Burdet, Thymus pallidus Coss. ex Batt., Thymus saturejoides Coss., Thymus saturejoides subsp. commutatus Batt., Thymus serpyllum L., Thymus vulgaris L., Thymus willdenowii Boiss., Thymus zygis L., Thymus zygis subsp. gracilis (Boiss.) R. Morales - LAMIACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-13. DOI https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_210-1
20. Olim K. Khojimatov, Rainer W. Bussmann// Urtica dioica L.; Urtica urens L. - URTICACEAE// In book: Ethnobotany of Northern Africa and Levant. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-17. https://doi.org/10.1007/978-3-031-13933-8_215-1
21. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Olim K. Khojimatov & Rainer W. Bussmann// Achillea millefolium L. ATERACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter//Springer, 2024. pp. 1-12. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_4-1
22. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Dilovar T. Khamraeva, Olim K. Khojimatov, Victoria Solis & Rainer W. Bussmann//Acorus calamus L. ACORACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-14. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_6-1
23. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov & Dilovar T. Khamraeva//Ajuga reptans L. LAMIACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-6. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_14-1
24. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov & Rainer W. Bussman//Allium ampeloprasum L. Allium cepa L. Allium denudatum Redouté Allium oleraceum L., Allium sativum L., Allium schoenoprasum L., Allium scorodoprasum L., Allium siculum Ucria, Allium sphaerocephalon L., Allium ursinum L., Allium victorialis L. and Allium vineale L. AMARYLLIDACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-32. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_19-1
25. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov //Althaea officinalis L. MALVACAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-7. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_22-1
26. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze & Olim K. Khojimatov// Anethum graveolens L. APIACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_26-1
27. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Arctium lappa L. ASTERACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-8. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_34-1
28. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Armoracia rusticana P. Gaertn., B. Mey. & Scherb. BRASSICACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-9. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_32-1
29. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Dilovar T. Khamraeva & Olim K. Khojimatov// Artemisia absinthium L., Artemisia annua L., Artemisia dracunculus L., Artemisia vulgaris L. ASTERACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-31. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_37-1
30. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze & Olim K. Khojimatov// Berberis vulgaris L. BERBERIDACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-15. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_47-1
31. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze & Olim K. Khojimatov//Betula pendula Roth Betula pubescens Ehrh. BETULACAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-16. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_50-1
32. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov//Bidens tripartita L. ASTERACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-8. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_51-1
33. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov & Dilovar T. Khamraeva// Capsella bursa-pastoris (L.) Medik. BRASSICACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_64-1
34. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze and Olim K. Khojimatov// Centaurea benedicta (L.) L. Centaurea cyanus L. ASTERACEAE //In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-13. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_72-1
35. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov// Cichorium intybus L. ASTERACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-17. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_81-1
36. Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov//Elaeagnus angustifolia L. ELAEAGNACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter//Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_310-1
37. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov, Zaal Kikvidze // Equisetum arvense L. Equisetum hymnale L. Equisetum sylvaticum L. and Equisetum telmateia Ehrh. EQUISETACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-26. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_117-1
38. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov, Zaal Kikvidze//Helichrysum italicum (Roth) G. Don ASTERACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_145-1
39. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov, K. Khaydarov, Zaal Kikvidze// Hippophaë rhamnoides L. ELAEAGNACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-8. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_150-1
40. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov// Hypericum perforatum L. Hypericum tetrapterum Fr. HYPERICACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-14. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_154-1
41. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov// Juglans regia L. JUGLANDACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-22. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_160-1
42. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K. Khojimatov// Morus alba L.; Morus nigra L. MORACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-21. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_197-1
43. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Lotus corniculatus L. Fabaceae// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-7. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_180-1
44. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Olim K Khojimatov, Zaal Kikvidze// Origanum majorana L., Origanum vulgare L. LAMIACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-17. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_207-1
45. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K Khojimatov// Plantago lanceolata L.; Plantago major L.; Plantago media L. PLANTAGINACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-23. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_224-1
46. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Prangos ferulacea (L.) Lindl. APIACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter//Springer, 2024. pp. 1-5. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_232-1
47. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K Khojimatov// Prunus amygdalus Batsch; Prunus armeniaca L.; Prunus avium (L.) L.; Prunus cerasus L.; Prunus cerasifera L.; Prunus domestica L.; Prunus dulcis D.A. Webb; Prunus insititia L.; Prunus laurocerasus L.; Prunus mahaleb L.; Prunus padus L.; Prunus persica L.; Prunus spinosa L.; Prunus vachuschtii Bregadze ROSACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-58. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_235-1
48. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze & Olim K. Khojimatov//Punica granatum L. LYTHRACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter//Springer, 2024. pp. 1-7. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_239-1
49. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Rhamnus cathartica L. RHAMNACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_245-1
50. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann & Olim K. Khojimatov// Robinia pseudoacacia L. Fabaceae// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_249-1
51. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Olim K. Khojimatov & Zaal Kikvidze// Rubia tinctorum L. RUBIACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-11. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_252-1
52. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze & Olim K. Khojimatov// Tribulus terrestris L. ZYGOPHYLLACEAE// In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-10. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_288-1
53. Narel Y. Paniagua-Zambrana, Rainer W. Bussmann, Zaal Kikvidze, Olim K Khojimatov// Urtica dioica L.; Urtica urens L. URTICACEAE//In book: Ethnobotany of the Mountain Regions of Eastern Europe. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-18. https://doi.org/10.1007/978-3-030-98744-2_296-1
54. Naiba P. Mehdiyeva, Valida М. Alizade Valida, George Fayvush, Alla Aleksanyan, Rainer W. Bussmann, Narel Y. Paniagua-Zambrana, Manana Khutsishvili, Zaal Kikvidze, Hamid Moazzeni, Atefeh Pirani, Khadijeh Motahhari, Ketevan Batsatsashvili, Shalva Sikharulidze, Davit Tchelidze, Inesa Maisaia, and Olim K. Khojimatov// Cichorium intybus L. ASTERACEAE//// In book: European Ethnobotany. Ethnobotany of the Caucasus. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-24. https://doi.org/10.1007/978-3-319-50009-6_50-2
55. Olim K Khojimatov, Rainer W. Bussmann, Narel Y. Paniagua-Zambrana, Z. Kikvidze// Koenigia coriaria (Grig.) T.M.Schust. & Reveal POLYGONACEAE//In book: European Ethnobotany. Ethnobotany of the Caucasus. Chapter// Springer, 2024. pp. 1-17. https://doi.org/10.1007/978-3-319-50009-6_598-1
MDH jurnallarida – 2
1. Тухтаева Д.Н., Хамраева Д.Т. Ferula tadshikorum Pimenov ни илдизи ва баргларидан ажратиб олинган эфир мойларини кимёвий таркиби // Наука и образование: Новое время. Казахстан. 2023. №4(4). – С. 297-298.
2. Миррахимова Т.А., Исмоилова Г.М., Фахриддинова Д.К. Сравнительный анализ аминокислотного состава листьев и бутонов Сynara scolymus L. выращиваемого в Узбекистане // Eurasian Journal Of Medical And Natural Sciences. 2024.Volume 4. Issue 5: Special issue 2. P. 65-68.
Mahalliy jurnallarda – 2
1. Хожиматов О.К., Хамраева Д.Т., Хужанов А.Н. Анализ коллекции лекарственных растений Ташкентского Ботанического Сада им. Акад. Ф.Н. Русанова // “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar”, № 2024/1, Самарканд, 2024, с. 24-27.
2. Murodov S.A., Xojimatov O.K. Buxoro viloyatida tarqalgan Cistanche flava (C.A.Mey.) Korsh. ning biometrik koʻrsatkichlari va iqtisodiy ahamiyati//Xorazm Ma’mun Akademiyasi axborotnomasi, Хivа, 11/1, 2023. В. 84-92.
Komp’yuter dasturiy mahsulotlari guvohnomalari – 1
1. Xojimatov Olimjan Kaxxarovich, Xamrayeva Dilovar Tolibdjonovna, Xalimov Sardorbek Sattor O‘g‘li, Qosimov Zokir Zikiryoyevich, Tuxtayeva Dinora Navruzovna, Mustafayev Ilyor Muradullayevich. // Ўзбекистон халқ табобатида ишлатиладиган доривор ва йўқолиш хавфи остидаги ўсимликларнинг электрон депозитарийсини яратиш. Агентство по интеллектуальной собственности при МЮ РУз, Об официальной регистрации базы данных Свидетельство на базу данных, №BGU 1327 от 12.03.2024 года.
2. Khojimatov O.K. et al. CSTR Agency certification// CSTR Prefix: UZ113/ website: https://planta-medica.uz
Tavsiyanoma – 1
1. Фахриддинова Д.К., Хамраева Д.Т. Доривор ва эфир-мойли ўсимликлари Agastache foeniculum (Pursh) Kuntze ва Hyssopus officinalis L. ни етиштириш //Тавсиянома. Тошкент: ZUHRA BARAKA BIZNES. 2024. 26 б.