2026-yil 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i Dendrologiya laboratoriyasining davlat ilmiy dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Farg‘ona davlat texnika universiteti “EcoTech” klubi a’zolari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy-ekskursiya tashkil etildi.
Mazkur ekskursiya davomida Toshkent Botanika bog‘i direktori S.X. Abdinazarov tomonidan “Allium Global Garden” kolleksiyasida saqlanayotgan o‘simlik turlari, ularning geografik kelib chiqishi, introduksiya xususiyatlari hamda ilmiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga turli floristik hududlardan keltirilgan o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari, moslashuv jarayonlari va introduksiya natijalari yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi.
Ekskursiya jarayonida Dendrologiya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimilari D.A. Hamrayeva, D.A. Abdullayev va Sh.A. Turdiboyevlar tomonidan Sharqiy Osiyo, Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo, Yevropa–Qrim–Kavkaz hamda Shimoliy Amerika floristik hududlariga mansub daraxt va buta turlaridan tashkil topgan ekspozitsiyalar ilmiy asosda tanishtirildi. Unda mazkur turlarning sistematik o‘rni, ekologik talablari, introduksiya darajasi hamda ko‘kalamzorlashtirishdagi istiqbollari haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Dendrologiya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi M.B. To‘raboyev tomonidan ekskursiya ishtirokchilari Toshkent mikologiya gerbariysi (TASM) fondida saqlanayotgan ilmiy gerbariy materiallari bilan tanishtirildi. Gerbariy fondining shakllanishi, ilmiy ahamiyati, saqlash va foydalanish qoidalari haqida tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarga mavjud namunalar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ulardan nusxa olish jarayonida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
Mazkur ekskursiya doirasida tomonlar o‘rtasida ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, jumladan:
bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu dalolatnoma yuqorida qayd etilgan ilmiy-ekskursiya va hamkorlik faoliyatining amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida tuzildi.









