Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Yashil makon

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada kо‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-46-sonli Farmoni  hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktyabrdagi №681-F/9-sonli Farmoyishiga asosan mamlakat miqyosida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida 2023-yil 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “Kuzgi daraxt ekish mavsumi” tadbiri belgilandi. Uning doirasida 85 million tup kо‘chat ekish rejalashtirilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taminlashda Respublikamiz tuproq iqlim sharoiti va о‘simliklarni biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda hududlarga mos daraxt va buta kо‘chatlarini tanlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Bugungi kunda Respublikamizda viloyatlar tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda kо‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarida 58 oila, 123 ta turkumga mansub 200 tur va 63 formalardan foydalanilmoqda. Ushbu о‘simliklar assortimentini shakllantirishda respublikamiz viloyatlari va tumanlarida hozirda о‘sib turgan hamda moslashgan tur va formalar tanlab olindi. Mavjud assortimentlardan viloyatlar miqyosida foydalanish – daraxt va butalarni ekishda ularni tо‘g‘ri tanlash imkonini beradi. О‘z navbatida ekilishi rejalashtirilgan maydonlarga daraxt va butalarni tо‘g‘ri tanlash ularning ekilgandan sо‘ng moslashishida muhim rol о‘ynaydi.

О‘zbekiston iqlimiga kо‘ra viloyatlar kesimida ekishga tavsiya etilayotgan  daraxt va butalar

RО‘YXATI

 

×