Shimoliy Amerika ekspozisiyasi 1950-yilda tashkil qilingan bo‘lib, maydoni 9 gektarni tashkil etadi. Ushbu dendroflora Botanika bog‘ining shimoliy- sharqiy qismida joylashgan. O‘simliklar bog‘ tashkilotchisi akademik F.N. Rusanov tomonidan Amerikaning shimoliy hududlaridan urug‘ va o‘simliklarning vegetativ qismlarini olib kelish yo‘li bilan ko‘paytirilgan. Dendroflora tarkibiga daraxt va butalarning shimoliy Amerika, Kanada va qisman Meksika turlari kiritilgan. Shimoliy Amerika ekspozitsiyasida hozirgi kunda daraxt, buta va lianalarning 38 oila mansub, 61 turkumi hamda 184 turidan iborat 861 ta tirik namunalari saqlanib kelinmoqda.