Markaziy Osiyo ekspozitsiyasi 14 gektar maydonga ega bo‘lib, bog‘ massivining janubiy qismida joylashgan. Yo‘nalish Markaziy to‘qay florasidan boshlanadi. Asosiy qismi ikkita uchastkadan tog‘-vodiy sharoitidagi daraxt-butalar (6 ga) va to‘qay o‘simliklaridan (4 ga) iborat. Ushbu uchastkalar 1953-yilning kuzida barpo etilgan. Markaziy Osiyo ekspozitsiyada hozirgi kunda 38 oila, 61 turkum, 177 turdan iborat daraxt-butalar saqlanmoqda. O‘zbekiston florasi milliy landshafti ekspozitsiyasida bugungi kunda 57 oila, 135 turkumga mansub 187 tur darxat va butalar parvarish qilinmoqda.