Toshkent Botanika bog‘i hududida makromitset zamburug‘larni o‘rganish va ko‘paytirishga qaratilgan “Mushroom Garden” loyihasi doirasida amaliy ishlar boshlandi. Ushbu loyiha biologik xilma-xillikni saqlash, foydali zamburug‘ turlarini introduksiya qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida quyidagi makromitset turlari ekildi:
Veshenka (Pleurotus ostreatus (Jacq.) P. Kumm. 1871) — oziq-ovqat va farmatsevtik ahamiyatga ega bo‘lgan, tez o‘suvchi va yuqori hosildor zamburug‘ turi.
Trametes (Trametes versicolor (L.) Lloyd 1920)— yog‘ochni parchalovchi, ekologik muvozanatda muhim rol o‘ynaydigan va biotexnologiyada qo‘llaniladigan zamburug‘lar guruhi.
Ekish ishlari maxsus tayyorlangan substratlarda, optimal namlik va harorat sharoitlari ta’minlangan holda amalga oshirildi. Tajriba uchastkalarida zamburug‘larning o‘sish dinamikasi, substratga moslashuvi va meva tanachalari hosil qilish jarayonlari muntazam monitoring qilinmoqda.
Mazkur “Mushroom Garden”:
ilmiy tadqiqotlar uchun tajriba maydoni,
talabalar va yosh olimlar uchun o‘quv-amaliy baza,
hamda tashrif buyuruvchilar uchun ekologik-ma’rifiy maskan sifatida xizmat qiladi.
Kelgusida loyiha doirasida yangi makromitset turlarini introduksiya qilish, ularning biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish va amaliy ahamiyatini kengaytirish rejalashtirilgan.