Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

TOSHKENT BOTANIKA BOG‘I – GLOBAL ALLIUM GARDEN -PIYOZ NAVLARI

 Allium praemixtum Vved. — aralash piyoz

Piyozchalari 1–3 tadan, tuxumsimon, qalinligi 2,5–4 sm, po‘stloqlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. Gul poyasi 45–100 sm balandlikda, ichi bo‘sh, pastki yarmidan quyiroq qismi shishgan. Barglari 4–7 ta, silindrsimon, uchiga tomon toraygan, quvursimon, ko‘kimtir, tik, eni 15–40 mm, gul poyasidan taxminan 3 baravar kalta. To’pguli sharsimon, zich, ko‘p gulli. G’arbiy Tyan-Shan, Ko’histang okrugida tarqalgan.

 

Allium pskemense B. Fedtsch. — Piskom piyozi

Piyozchalari bir nechtadan ildizpoyaga birikkan, cho‘zinchoq-tuxumsimon, qalinligi 4–6 sm, po‘stloqlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. Gul poyasi baquvvat, 40–80 sm balandlikda, ichi bo‘sh, o‘rtasidan pastroq qismida bo‘sh shishgan, asos qismida barglarning silliq qinlari bilan o‘ralgan. Barglari 3–4 ta, silindrsimon, uchiga tomon toraygan, quvursimon, tik, qalinligi 2–3 sm, gul poyasidan 2 baravar kalta. G’arbiy Tyan-Shan okrugida tarqalgan.

 


×