Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

YOSH BOTANIKLAR XALQARO KONFERENSIYASIGA TAKLIF QILAMIZ!

  Joriy yilning 11-sentyabr kuni OzR FA BOTANIKA INSTITUTI HUZURIDAGI AKADEMIK F.N. RUSANOV NOMIDAGI TOSHKENT BOTANIKA BOG‘IDA  yosh botanik olimlarining an'anaviy IV IV-xalqaro konferensiyasi o'tkazildi.

 Konferensiyada O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan bir qatorda,  yosh olimlar ishtiroki etishdi. So‘nggi yillarda botanika sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar yangi sifat bosqichiga chiqdi. Ushbu jarayonda yosh botanik olimlarning hissasi juda yuqori va ularning ijodiy yondashuvlari, innovatsion g‘oyalari sohaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha yosh olimlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashish va tajriba ulashish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiya o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad — yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, botanikaning turli sohalarida zamonaviy tadqiqotlar bo‘yicha tajriba almashish, xorijiy aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘simliklar xilma xilligini saqlashdagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha fikr almashishdan iborat. Konferensiya yosh olimlar uchun qimmatbaho bilim va tajribalarni o‘rganish, o‘zaro hamkorlik va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

1. Tabiiy ekotizimlardagi o‘simliklar xilma-xilligi va botanik tadqiqotlarning zamonaviy usullari;

2. IUCN Qizil ro‘yxati va Milliy Qizil kitoblar: Xavf ostidagi turlarni baholashning

ilmiy yondashuvlari;

3. O‘simliklarda molekulyar-genetik tadqiqotlar: filogeniya, biogeografiya va bioinformatika;

4. Biotexnologiya, o‘simliklar biokimyosi va strukturaviy botanikaning dolzarb

yo‘nalishlari;

5. O‘simliklar introduksiyasi va kamyob turlarni saqlab qolishda ex-situ

tadqiqotlarining ahamiyati.


×