O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akadimik F.N. Rusanov Toshkent botanika bog‘ida 2025 yilning 22-25 aprel kunlari “Markaziy Osiyo madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari” mavzusidagi xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.
Mazkur anjumanda Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Respublikalaridan 40 dan ortiq ishtirokchi, shu jumladan, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, botanika bog‘lari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.
Seminar “Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlarini muhofaza qilish va ulardan barqaror foydalanish” xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. Seminarning asosiy maqsadlari:
Markaziy Osiyodagi genetik resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish;
Yovvoyi o‘simliklarni tadqiq qilish orqali barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish;
Ilmiy muassasalar o‘rtasida tajriba almashish va mintaqaviy strategiyalarni shakllantirish.
Anjumanda Allium (piyoz va uning turlari) o‘simliklariga alohida e’tibor qaratilib, Toshkent botanika bog‘ida yangidan tashkil etilgan Allium bog‘iga ekskursiyalar va maxsus taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Seminarning ochilish marosimida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akadimik F.N. Rusanov Toshkent botanika bog‘i direktori S.X. Abdinazarov so‘zga chiqib, biologik xilma-xillikni asrash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlari o‘simliklarining o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Seminar doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
Markaziy Osiyoda madaniy ekinlarning yovvoyi ajdodlari turlarining holati va ro‘yxatga olinishi bo‘yicha muhokamalar;
Ekspertlar va tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbatlari;
To‘plangan tajribalar bo‘yicha taqdimotlar;
Tog‘ ekosistemalariga amaliy ekskursiyalar.