Respublikada so‘nggi yillarda urug‘chilik sohasini rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, daraxt, buta hamda dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalarni tashkil etish va ularni qayta ishlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi O‘RQ-521-son Qonuni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, 2023–2026-yillarda urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirishga qaratilgan 51-sonli Milliy dastur, shuningdek 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmonining 5-ilovasida belgilangan “Yashil hududni rivojlantirish, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha Yo‘l xaritasi”ning 20-bandida o‘rmon fondi maydonlarida seleksion urug‘chilik bazasini yaratish vazifalari belgilangan.
Shuningdek, 2022-yil 6-iyuldagi PF-307-son Farmoni bilan tasdiqlangan iqtisodiyot tarmoqlaridagi “DRAYVER” innovasion loyihalar ro‘yxati (4-ilova, 24-band) doirasida 2023–2026-yillarda hududlarda o‘rmon va o‘rmonmevali daraxtlarning doimiy va birlamchi urug‘chilik plantasiyalarini barpo etish bo‘yicha qarorlar ijrosi ta’minlanmoqda.
Mazkur hujjatlar asosida Urug‘chilik bo‘limi tomonidan qator amaliy, ilmiy va tashkiliy ishlar samarali amalga oshirilib kelinmoqda.
Urug‘chilik bo‘limi faoliyatida o‘simlik urug‘larini yig‘ish, ekish, parvarishlash, o‘rganish va iqlimga moslashtirish jarayonlarida bir qator ilmiy-amaliy metodlardan foydalaniladi. Jumladan:
urug‘larni dalaga ekish va parvarish qilish,
o‘sish dinamikasi va rivojlanish fazalarini kuzatish,
adaptasiya jarayonlarini baholash.
urug‘larning unuvchanlik darajasini aniqlash,
namlik, tozaligi va hayotiylik ko‘rsatkichlarini tekshirish,
mikrobiologik tahlillar.
turli harorat, namlik va yorug‘lik rejimlarida tajribalar o‘tkazish,
stratifikatsiya, skarifikatsiya, fitogormon qo‘llash orqali unuvchanlikni oshirish.
xorijiy mamlakatlardan indekslar orqali kelgan urug‘larni karantin uchastkasiga ekish,
yangi muhitga moslashuv jarayonlarini baholash,
introduksiya samaradorligini ilmiy aniqlash.
o‘simliklarning vegetasiya bosqichlarini kalendar asosida qayd qilish,
gullash, meva bog‘lash, urug‘ yetilish muddatlarini tizimli monitoring qilish.
olingan daliliy ma’lumotlarni matematik qayta ishlash,
foiz, o‘rtacha qiymat, dispersiya va boshqa ko‘rsatkichlarni hisoblash,
tajribalar natijalarini ilmiy asosda baholash.