Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Toshkent Botanika bog‘ining issiqxona kompleksi

О‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i hududiy-tarkibiy bо‘linmasiga kiruvchi Issiqxona kompleksi о‘simliklari Toshkent Botanika bog‘ining kolleksiyasiga kiritilgan bо‘lib, asosan, tropik, subtropik va kо‘p yillik xona gullarini о‘z ichiga oladi. Issiqxona kompleksiga 1976 yilda asos solingan bо‘lib, umumiy 1776 m2 maydonga joylashgan, 6 ta katta blokdan iborat. Ushbu bloklarning balandligi 5.5 m, eni 7 m, uzunligi 42 m ni tashkil etib, 3 ta stellaj va 2 tadan ichki yо‘laklardan iborat. Uning asosiy 3 ta bо‘limi onalik gullarni parvarishlash uchun mо‘ljallangan hamda qolgan 3 ta bо‘limi onalik gullardan qalamchalar olib kо‘paytirish hamda о‘simliklar ustida turli xil tajribalar olib borish uchun maxsus stellajli bо‘limlardan iborat. Ayni vaqtda, turli xil kо‘p yillik tropik va subtropik о‘simliklarning 37 oila, 87 turkumga mansub 140 dan ortiq turlari saqlanib, ular ustida doimiy kuzatishlar olib borilmoqda. Ushbu о‘simliklarning asosiy qismi boshqa davlatlardan olib kelingan hamda introduksiya qilingan xona gullarining moslashuvchanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

 

Issiqxonada olib boriladigan ishlar quyidagilardan iborat:

  • issiqxonada mavjud turlarning yashovchanligini ta’minlash hamda tashqi ta’sirlardan himoya qilish (qishki mavsumda xona gullarini о‘rtacha haroratdagi issiqlik bilan ta’minlash, yil davomida gullarni suv bilan ta’minlash, yozgi issiqlardan asrash);
  • parvarishlash (bahor faslida organik va mineral о‘g‘itlar bilan oziqlantirish);
  • kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
  • kо‘paytirish (generativ va vegetativ) va yetishtirish, ular ustida kuzatuvlar va boshqa bir qator ishlar amalga oshiriladi.

Xona gullari, asosan, yil davomida gullab turadi, urug‘larining dastlabki pishib yetilishi may oyidan boshlanadi va pishib yetilgan urug‘lar yig‘ib olinadi. Har bir о‘simlik о‘zining manzaraliligi, iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi va albatta, dorivorlik va shifobaxshlik xususiyatlari bilan ajralib turadi.

 


×