Toshkent botanika bog‘i xodimlari 2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Milliy biotexnologiya markazining 30 yilligiga bag'ishlangan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Astana Biotech 2024” xalqaro konferensiyasida, shuningdek, “Qozog‘iston mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” xalqaro simpoziumida.
2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Milliy biotexnologiya markazining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Astana Biotech 2024” xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Germaniya, AQSh, Niderlandiya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarning ilmiy markaz va institutlari, oliy ta’lim muassasalarining taniqli olim va mutaxassislari ishtirok etdi.
“Astana Biotech 2024” konferensiyasi nufuzli forum boʻlib, uning doirasida fan, biznes va taʼlim, shuningdek, davlat organlari vakillari ham Qozogʻistonda, ham xorijda biotexnologiya sohasidagi ilgʻor ilmiy ishlanmalar bilan tanishishlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot formatida hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks yechimlarni ishlab chiqish mumkin bo’ldi. Konferensiya dasturidan plenar va seksiyalar, poster sessiyalari, davra suhbatlari bo‘lib, unda olimlar biologiya, biotexnologiya va biomeditsina yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy loyihalarini taqdim etdilar. Xalqaro ilmiy konferensiya doirasida “Qozog‘istonning mintaqaviy florasi: xilma-xillik, genetika va tabiatni muhofaza qilish” simpoziumi bo‘lib o‘tdi, unda yetakchi biologlar, botaniklar va genetiklar ishtirok etdi. Anjumanda biotexnologiya sohasida yetakchi kompaniyalarning uskunalari, texnologiyalari, xizmatlari va imkoniyatlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Eng yaxshi og‘zaki taqdimot” va “Eng yaxshi stend taqdimoti” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish ushbu tadbirning muhim qismi bo‘ldi. Akademik F.N. Rusanov nomidagi botanika bog‘i biotexnologiya laboratoriyasi mudiri Mustafina F.U. “Ungernia Bunge (U. sewertzowii (REGEL) B.FEDTSCH. va U. victoris VVED. EX ARTJUSH.) ikkita dorivor o‘simlik turinini biologik faol komponentlar manbalari sifatida mikroko‘paytirish” ma’ruzasi bilan birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi botanika bog‘i delegatsiyasi tarkibida botanika bog‘i direktori b.f.n. Abdinazarov Sodiqjon Xaliknazarovich, botanika bog‘i dendrologiya laboratoriyasi mudiri b.f.n. Temirov Eldor Ergashboevich, botanika bog‘i biotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri b.f.n. Mustafina Feruza Usmonovna va botanika bog‘i biotexnologiya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Juraeva Hanifa Kobil kizi.