Allium praemixtum Vved. — aralash piyoz
Piyozchalari 1–3 tadan, tuxumsimon, qalinligi 2,5–4 sm, po‘stloqlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. Gul poyasi 45–100 sm balandlikda, ichi bo‘sh, pastki yarmidan quyiroq qismi shishgan. Barglari 4–7 ta, silindrsimon, uchiga tomon toraygan, quvursimon, ko‘kimtir, tik, eni 15–40 mm, gul poyasidan taxminan 3 baravar kalta. To’pguli sharsimon, zich, ko‘p gulli. G’arbiy Tyan-Shan, Ko’histang okrugida tarqalgan.



Allium pskemense B. Fedtsch. — Piskom piyozi
Piyozchalari bir nechtadan ildizpoyaga birikkan, cho‘zinchoq-tuxumsimon, qalinligi 4–6 sm, po‘stloqlari qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli. Gul poyasi baquvvat, 40–80 sm balandlikda, ichi bo‘sh, o‘rtasidan pastroq qismida bo‘sh shishgan, asos qismida barglarning silliq qinlari bilan o‘ralgan. Barglari 3–4 ta, silindrsimon, uchiga tomon toraygan, quvursimon, tik, qalinligi 2–3 sm, gul poyasidan 2 baravar kalta. G’arbiy Tyan-Shan okrugida tarqalgan.


