Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Toshkent botanika bog‘i bilan Gruziya Respublikasi Batumi Botanika bog‘i o‘rtasida memorandu imzolandi.

  O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i direktori S.X. Abdinazarov va O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti direktori K.Sh. Tojibayevlarning Gruziya Respublikasi Batumi Botanika bog‘i bilan 2025-yil iyul oyida tuzilgan UN-3314-2023-5-sonli «Ilmiy-ma’rifiy hamkorlik to‘g‘risida»gi memorandum doirasida joriy yilning 2025-yil 3-iyuldan 10-iyulgacha Batumi Botanika bog‘iga tajriba almashish, gerbariylarni o‘rganish va kolleksion o‘simlik materiallari almashinuvini amalga oshirish maqsadida xizmat safari amalga oshirildi. 

Ilmiy safar davomida quyidagi ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda:

1. Gerbariy kolleksiyalarini o‘rganish va ilmiy almashinuv:

• Batumi Botanika bog‘ining mavjud gerbariy fondi bilan tanishish;

• O‘zbekiston va Gruziya flora turlarini taqqoslash asosida ilmiy tahlillar olib borish;

2. Kolleksion o‘simlik materiallari almashuvi:

Iqlimga mos bo‘lgan kolleksion o‘simlik turlarini tanlab olish;

•Ikkala bog‘da o‘simliklarni introduktsiyalash uchun shart-sharoitlarni muhokama qilish;

3. Tajriba almashish va ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar:

• Landshaft dizayni, ekotizini mtiklash va ekspozitsiyalarni tashkil etish

bo‘yicha Batumi bog‘i tajribasini o‘rganish;

•O‘zbekiston va Gruziya o‘simlik resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha

zamonaviy yondashuvlarni tahlil qilish;

4. Kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash:

• Botanika sohasida ikki tomonlama o‘quv kurslar, qo‘shma

ekspeditsiyalar va ilmiy nashrlar rejasini tuzish;

• 2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma xalqaro ilmiy seminar

va ko‘rgazmalarni tayyorlashga doir kelishuvlar.

Kutilayotgan natijalar:

 O‘zbekiston va Gruziya flora turlarining ilmiy o‘rganilishi va gerbariylar

bilan boyitilishi;

Botanika bog‘lari o‘rtasida kolleksion o‘simlik materiallari almashinuvi

yo‘lga qo‘yilishi;

Landshaft, ekspozitsiya va floristik tadqiqotlar sohasida xalqaro tajriba almashinuvi kuchaytirilishi;

 2025-2026-yillarda ilmiy hamkorlik asosida qo‘shma tadqiqotlar va

nashrlar amalga oshirilishi;

- Xorijlik olimlar bilan yangi ilmiy aloqalar o‘rnatish .

 

 


×