Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

“SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olima ayollari xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

 SheSCIENCE 2026” Markaziy Osiyo olima ayollari xalqaro forumi - bu ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini e’tirof etish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli xalqaro tadbirdir.

Forumda O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI BOTANIKA INSTITUTI HUZURIDAGI AKADEMIK F.N. RUSANOV NOMIDAGI TOSHKENT BOTANIKA BOG‘I ning biotexnologiya laboratoriyasi mudiri Mustafina F.U ham ishtirok etdi forum doirasida  ayollarning ilm-fan va innovatsiya sohasidagi, mintaqaviy va global hamkorlik, barqaror rivojlanish, ekologiya, tibbiyot, muhandislik, raqamli texnologiyalar, biotexnologiya kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi. Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 200 nafarga yaqin olima ayollar ishtirok etdi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi  xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova,  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov,  Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov va xalqaro ekspertlar nutq so‘zlashdi.

Forumning maqsadi va mavzulari:
Asosiy maqsad - Markaziy Osiyo ayol olimlarining ilmiy salohiyati va rolini mustahkamlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mintaqaviy va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish.
Forumda quyidagi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Ayollarning ilm-fan va innovatsiyalardagi ishtiroki va gender tenglikni ta’minlash

Barqaror rivojlanish, ekologiya va tibbiyot

Muhandislik, raqamli texnologiyalar va biotexnologiya sohalari.

Ma’lumot o‘rnida: YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ayollarning fan sohasidagi o‘rtacha ulushi 31,5% ni tashkil qiladi. Nobel mukofoti sovrindorlarining 6,1% ni ayollar tashkil qiladi. SheSCIENCE 2026” — bu nafaqat ilm-fan muhokamasi uchun platforma, balki ayol olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tajriba almashuvi va yangi hamkorlik imkoniyatlarini mustahkamlash uchun muhim xalqaro maydoncha bo‘lib xizmat qilmoqda.

 


×