Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

"Qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligining zamonaviy muammolari" konferensiyasida ishtirok.

 2025-yil 3–4-iyun kunlari Ozarbayjon Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Boku shahrida tashkil etilgan "Qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligining zamonaviy muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i Biotexnologiya laboratoriyasi xodimlari – b.f.n. Mustafina F.U., Juraeva X.K. va Ahmedova V.U. – ishtirok etdilar.

Konferensiyada ular quyidagi loyihalar natijalari asosida taqdimotlar bilan chiqish qildilar:

IL 8624042533 raqamli innovatsion loyiha: “In vitro to‘qima kulturasi va Ungernia victoris Vved. ex Artjush. regenerant o‘simliklaridan farmatsevtika ehtiyojlari uchun bioloji faol moddalarning olinishi” (ijro muddati: 2025–2026 yillar);

Davlat dasturi doirasidagi tadqiqotlar: “Toshkent botanika bog‘i in vitro kolleksiyasini innovatsion biotexnologik usullar asosida yaratish va raqamlashtirish” (ijro muddati: 2025–2029 yillar).

Taqdimotlar bilan laboratoriya mudirasi, b.f.n. Mustafina F.U., hamda kichik ilmiy xodimlar Juraeva X.K. va Ahmedova V.U. ishtirok etdilar.

Konferensiya dasturi doirasida o‘simliklarning genetik resurslarini o‘rganish va ularni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barqaror foydalanish bo‘yicha qisqa muddatli trening-kurs (stajirovka) ham tashkil etildi. Trening davomida ishtirokchilar Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutining urug‘chilik markazi, agrotexnologiyalar, agrobiotexnologiyalar, funksional tahlil va atrof-muhitni muhofaza qilish laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, laboratoriya xodimlari Ozarbayjon Respublikasi Fan va Ta’lim vazirligining Molekulyar biologiya va biotexnologiyalar institutiga hamda Boku shahar hokimligi huzuridagi Markaziy botanika bog‘iga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ilmiy va ta’limiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

 


×