Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi X. Yusufbekov nomidagi Pomir Biologiya instituti taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Xorog shahridagi xizmat safarining asosiy maqsad va vazifalari.

   Fanlar akademiyasi Botanika instituti hamda uning tuzilmasidagi Toshkent botanika bog‘i — О‘zbekiston Fanlar Akademiyasiga qarashli ilmiy muassasa sifatida, Markaziy Osiyo miqyosida о‘simliklar xilma-xilligini о‘rganish va saqlash sohasida yetakchi markazlardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan yangi avlod botanik tadqiqotlari, jumladan zamonaviy floristik tadqiqotlar, о‘simliklarni introduksiya qilish, xatar ostidagi va endemik turlarni saqlab qolish, shuningdek, ekologik va genetik monitoring ishlarini amalga oshirish bu tashkilotning bugungi faoliyati va uni Markaziy Osiyodagi nufuzi bilan bog‘liq.

Yuqoridagilarni e’tirof etgan holda Institut va Botanika bog‘i xodimlari Markaziy Osiyo va unga yondosh bо‘lgan mamlakatlarda biologik xilma-xillik borasida о‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarga toboro kо‘proq taklif etilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori akad. K.SH. Tojibayev hamda Toshkent Botanika bog‘i direktori, b.f.n. S.X. Abdinazarov lar Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi X. Yusufbekov nomidagi Pomir Biologiya instituti qoshidagi A.V. Gurskiy nomidagi Pomir botanika bog‘ining 85 yilligi va biologiya fanlari doktori, professor Dovudsho Navruzshoyevning 70 yilligiga bag‘ishlangan “Биологическое разнообразие горних экосистем в условиях глобалного изменения климата” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishritok etmoqdalar. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur konferensiyada ishtirok etish Botanika instituti va Botanika bog‘i uchun juda muhim hisoblanadi.

Bundan tashqari, konferensiya davomida Markaziy Osiyo bioxilma xilligini tadqiq etuvchi Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasining boshqa xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalar rahbarlari bilan uchrashuvlar olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy ish jarayoni bilan tanishish rejalashtirilgan.

Muhokama etilishi rejalashtirilayotgan masalalar Fanlar akademiyasi Botanika instituti, xususan О‘zbekiston florasi laboratoriyasining kelgusidagi muaffaqiyatli faoliyati uchun muhim hisoblanadi.

 


×