Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

O‘zbek zaminida tugʻilgan buyuk olimlarning merosi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.

 O‘zbekiston boy va qadimiy tarixga ega bo‘lib, Buyuk Ipak yo‘li orqali ilm-fan, savdo va madaniyat markazi sifatida shakllangan. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy meros jahon sivilizatsiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston demokratik islohotlar, iqtisodiy modernizatsiya va ijtimoiy sohalardagi izchil o‘zgarishlar orqali barqaror taraqqiyot sari ilgarilamoqda.

O‘zbek zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar - Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy dorivor o‘simliklar ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Abu Ali ibn Sinoning “Al  Qonun fi’t-tibb” (“Tib qonunlari”) asarida 800 dan ortiq, Abu Rayhon Beruniyning “Kitob assaydana fi’t-tibb” (“Tabobatda dorilar haqida kitob”) asarida esa 1000 dan ortiq dorivor o‘simlik, hayvon va mineral moddalar tavsiflangan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining Xomashyobop o‘simliklar introduksiyasi va agroekologiyasi laboratoriyasida mazkur ilmiy meros asosida dorivor o‘simliklarni saqlash, introduksiya qilish hamda ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu ishlar orqali ajdodlarimizning ilmiy merosi keng targ‘ib etilib, zamonaviy tibbiyot va farmatsevtika sohalari rivojiga xizmat qilmoqda.

 

 


×