Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i hududida Navro‘z bayrami munosabati bilan bayramona tadbir o‘tkazildi.
Bayramning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash, shuningdek, sport orqali ilhom va birlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida milliy an’anaviy o‘yinlar, sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar, maxsus diplomlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi
Tadbirni tashkil etishda F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi.






