Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

“Hayot uyg‘unlikda: botanika bog‘lari va jamiyat – Rux bog‘lari” mavzusidagi III Xalqaro an’anaviy konferensiya.

   Yevroosiyo Botanika bog‘lari Assotsiatsiyasi Bosh kotibi, Tver davlat universiteti Botanika bog‘i direktori Y.V. Naumsev taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i direktor о‘rinbosari (PhD) S.S. Nosirov va mutaxassis J.M.Nabiyevlar Yevroosiyo Botanika bog‘lari Assotsiatsiyasining “Hayot uyg‘unlikda: botanika bog‘lari va jamiyat – Rux bog‘lari” mavzusidagi III Xalqaro an’anaviy konferensiyasida ishtirok etishmoqda.

Ushbu konferensiya Tver davlat universiteti Botanika bog‘ining 150 yilligiga bag‘ishlangan bо‘lib, joriy yilning 14-iyuldan 21-iyulgacha Rossiya Federatsiyasining Tver shahrida bо‘lib о‘tmoqda.

Bundan tashqari xizmat safari davomida Rossiya Federatsiyasining boshqa Botanika bog‘lariga tajriba almashish, gerbariylarni o‘rganish va kolleksion o‘simlik materiallari almashinuvini amalga oshirish hamda qisqa muddatli  stajirovkani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xizmat safari davomida quyidagi ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda:

1. Kolleksion o‘simlik materiallari almashuvi:

Iqlimga mos bo‘lgan kolleksion o‘simlik turlarini tanlab olish;

Ikkala bog‘da o‘simliklarni introduktsiyalash uchun shart-sharoitlarni muhokama qilish;

2. Tajriba almashish va ilmiy-amaliy mashg‘ulotlar:

Landshaft dizayni, ekotizim tiklash va ekspozitsiyalarni tashkil etish bo‘yicha Tver Botanika bog‘i tajribasini o‘rganish;

O‘zbekiston va Rossiya o‘simlik resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni tahlil qilish;

3.  Kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash:

Botanika sohasida ikki tomonlama stajirovkalar, qo‘shma ekspeditsiyalar va ilmiy nashrlar rejasini tuzish;

2026 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma xalqaro ilmiy seminar va ko‘rgazmalarni tayyorlashga doir kelishuvlar.

4.  Qisqa muddatli  stajirovkani amalga oshirish.

Kongress o‘z ishini davom ettirmoqda va xalqaro ilmiy hamkorlik uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


×