Toshkent Botanika bog'ining ilmiy xodimlari - Toshkent viloyatining “Ugom-Chotqol” milliy tabiat bog‘i hududiga ilmiy safar tashkil etildi.
Ilmiy safar davomida hududning tabiiy florasida mavjud bo‘lgan Rheum L., Poa L., Phleum L., Fritillaria Tourn. ex L., Tulipa L., Allium L., Rumex L. Dinathus L. Asparagus L. turkumlarining turlarining tabiiy tarqalish joylari o‘rganildi.
Shuningdek, o‘simliklarning tabiiy tarqalish hududlari bo‘yicha GPS-koordinatalari qayd etildi.
Ilmiy safar davomida istiqbolli o‘simlik turlaridan urug‘ namunalari, piyozboshlar va tirik namunalar yig‘ilib, ularni Toshkent Botanika bog‘i sharoitiga introduksiya qilish maqsadida olib kelindi.
Ayniqsa, piyozli geofitlarga mansub Fritillaria Tourn. ex L., Tulipa L. va Allium L. turkumlari vakillarining tirik piyozboshlarini yig‘ish hamda Asparagus brachyphyllus Turcz., Ephedra equisetina Bunge, Thalictrum minus L. turlarini Botanika bog‘i kolleksiyasida saqlashga alohida e’tibor qaratildi.






