Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Toshkent Botanika bog'ining Markaziy Osiyo ekspozitsiyasi.

 Markaziy Osiyo ekspozitsiyasi 14 gektar maydonga ega bo‘lib, bog‘ massivining janubiy qismida joylashgan. Yo‘nalish Markaziy to‘qay florasidan boshlanadi. Asosiy qismi ikkita uchastkadan tog‘-vodiy sharoitidagi daraxt-butalar (6 ga) va to‘qay o‘simliklaridan (4 ga) iborat. Ushbu uchastkalar 1953-yilning kuzida barpo etilgan. Markaziy Osiyo ekspozitsiyada hozirgi kunda 38 oila, 61 turkum, 177 turdan iborat daraxt-butalar saqlanmoqda. O‘zbekiston florasi milliy landshafti ekspozitsiyasida bugungi kunda 57 oila, 135 turkumga mansub 187 tur darxat va butalar parvarish qilinmoqda.


×