O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-68-sonli qarori ijrosini Fanlar akademiyasi tizimida ta’minlash maqsadida, FA prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi 3-34-sonli buyrug‘i ijrosi sifatida, Navro‘z bayrami arafasida Toshkent Botanika bog‘ida Sumalak sayli o‘tkazildi. Unda Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlarini milliy qadriyat va an‘analarimiz hamda bugungi islohotlarimizning ma‘no-mohiyatiga hamohang tarzda, Botanika bog‘ida ilmiy xodimlar va mutaxassislar birgalikda sumalak sayli (bazmi)ni o‘tkazdilar. Sumalak sayli asosan ikki qismdan: sumalak tayyorlash va sumalakxo‘rlikdan iborat bo‘ldi. Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.