Biotexnologiya laboratoriyasi rahbari Mustafina F.U. "Olima ayol" 86-tanlovi g‘olibi bo‘ldi. U " Ungernia victoris Vved. ex Artjush. in vitro to‘qima kulturasi va regenerant o‘simliklari (mikropiyozchalar) tarkibidagi biologik faol moddalarni farmasevtika ehtiyojlari uchun olish " loyihasi bilan g‘alaba qozondi.
Loyiha natijalariga ko‘ra, U.victoris kallus to‘qimasi va mikroo‘nkalari biologik faol moddalar, jumladan, galantamin manbai sifatida dorivor preparat ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha reglament ishlab chiqiladi.2025 yilda ushbu tanlov doirasida 56 nafar ayol olimga loyihalar taqdim etildi. G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva, Fanlar akademiyasining vise-prezidenti Shaxlo O‘tkirovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Abdullayevich Ayupov, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining o‘rinbosari Maxkamov Otabek Muxtarovich va boshqalar ishtirok etdilar.