Kavkaz do‘lanasi Боярышник кавказский Crataegus caucasica K.Koch
Kavkaz doʻlanasi (Crataegus caucasica) — daraxt yoki buta Ranoguldoshlar oilasi Doʻlana turkumiga mansub tur. Kavkaz doʻlanasi endemik tur hisoblanadi asosan Kavkazortining togʻli mintaqalarida tabiiy tarqalgan. Togʻ yon bagʻirlarida va daralarda butalar orasida, yakka holda ba’zan toʻda-toʻda boʻlib oʻsadi. Balandligi 2-3 metrdan 5 metrgacha boʻlgan kichik daraxt, ba’zan balandligi 7 m gacha va tana diametri 18 sm gacha oʻsadi. Tanasi va shoxlari toʻq jigarrang. Tikanlari yoʻq ba’zan barglarining ostki qimida 0,5-2,5 sm uzunlikdagi kichik tikanlari mavjud. Barglari keng tuxumsimon, bargining yuqori qismi quyuq yashil, pastki qismi bir oz ochroq, siyrak tukli. Gullaydigan kurtaklardagi barglar choʻzilgan uzunchoq, xanjarsimon, koʻpincha tor asosli va tishli uch boʻlakli. Bargning ustki qismining uzunligi 6 sm gacha, kengligi 6-6,5 sm gacha, markazi keng tuxumsimondan yumaloq va hatto eni choʻzilgan. Ildiz tizimi tarvaqaylagan, gorizontal ildizlari ona daraxtdan 8-10 metr masofagacha oʻsadi. Doʻlananing bu xususiyati togʻ oʻrmon melioratsiyasida eroziyaga uchragan va yuvilishga moyil togʻ yonbagʻirlarini mustahkamlashda qadrlanadi va koʻplab ekiladi. May oyida gullash. Oktyabr oyida meva berish.
Toshkent Botanika bog'iga Crataegus caucasica K.Koch. turning urug’lari Tibilis davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1964-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1965-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1968-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2-ta katta yoshli daraxtlar o'smoqda.