Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Ipak akatsiya

Ipak akatsiyasi (Albizzia julibrissin Durazz.) Шелковая акация.

Get  Akatsiya (Acacia Wild.) Turkumi. Bu turkumga 500 ga yaqin doim yashil daraxt-buta o'simliklar kiritilgan. Ularning asosiy qismi Avstraliya, Afrika va Amerikada tarqalgan. Vatani Avstraliyaning janubiy-sharqiy xududlari. Ipak akatsiyasi (Albizzia julibrissin Durazz.) - o'rta bo'yli daraxt, uning bo'yi 10-12 m ga, diametri 40 sm ga yetadi. Shox-shabbasi soyabon shaklda bo'lib, nihoyatda chiroyli. Shoxlari kulrang, yasmiqchalari ko'p, bir yillik novdalari yashil, mayda kul rang yasmiqchali, tuksiz. Barglari qo'sh patsimon murakkab tuzilgan, bargchalari mayda, lantsetsimon, bo'yi 8-12 mm, eni 0,5-0,6 mm, har ikkala tomoni yashil, tuksiz. May oyining oxiri - iyunning boshlarida gullaydi. Guli nektarli. Mevasi yassi dukkak. Ipak akatsiyanipg xarakterli belgilaridan biri, kechqurun quyosh botgandan keyin barglari yig'iladi va osilib turad. Ertalab kun yorishgach yana o'z holiga qaytadi. Urug'idan ko'payadi. Urug'lari sentyabrda pishib yetiladi va ajratib olingan urug'lar darhol stratifikatsiya qilinadi. Bahorda ekish uchun urug'lar qaynoq suvda +80-+85 Co xaroratda ishlov beriladi. Urug' ekish me'yori 4 g/pog.m. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Urug'i unib chiqish xususiyatini 2 yilgacha saqlaydi.

Toshkent Botanika bog'iga Albizzia julibrissin Durazz. turning urug’lari A.A. Mavjudov tamonidan 1971-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1972-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1972-yil 20-aprelda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ushbu ekspozitsiyada bu turdagi daraxtning 5 ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×