Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Bu turkumga mansub turlar  Yevropa va Osiyo,   keng  miqyosda  O‘rta Yer dengizida tarqalgan. Asosan sigirquyruq turlari kserofit- kuruq tuproqlarda o‘sishga moslashgan.Rossiyaning  Yevropa qismi, Kavkazda uchraydi.

Botanical description of the plant

O‘simlik bir yoki ikki yillik, kamdan-kam xollarda bir yillik  yoki chala buta ko‘rinishida bo‘yi 0,5-3mgacha uchraydi. Barglari asosan butun. Gullari  5 yaproqchali  asosan sariq ba’zan to‘q sariq, jigarrang-qizil, ko‘k va oq ranglarda bo‘ladi.Mevasi kichik sharsimon,  ko‘plab urug‘lari bor.   

Sigirquyruq

Medicinal properties

Tibbyotda gullari dan foydalaniladi. Gullaridan  tayyorlangan nastoykasi yuqori nafas yo‘llarini davolashda,  o‘tlaridan tayyorlangan  preparatlari  veterenariyada qo‘llaniladi. Xalq tabobatida sigirquyruq gullari  yo‘talga qarshi, shamollashga qarshi va yuqori nafas yo‘llarida yumshatuvchi sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari sigirquyruq gullari oshqozon-ichak kasalliklarida qo‘llaniladi. O‘rab oluvchi sifatida xam ta’sir ko‘rsatadi.

Growing technology

Quyoshli  joylarda yaxshi o‘sib rivojlangani singari, yarim soya joylarda xam yaxshi rivojlanadi. Urug‘laridan ko‘paytiriladi. Kichik  urug‘lari baxor oxirlarida tuproqqa sepiladi.  Ilk maysalar ko‘rina boshlangandan so‘ng, ularni ichida eng mustaxkamlari qolib qolgani  yulib tashlanadi. Ko‘chatlar oralig‘i 20-25smni tashkil etadi. Ko‘chatlar bir me’yorda sug‘orib turiladi. Ekilgandan bir yil o‘tgach o‘simlik gullay boshlaydi. Ikki yillik ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tkazishda tuprog‘idan ajratilmagan xolda olinadi.  Xaddan tashqari namlik o‘simlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlik urug‘lari tuproqqa sepilishidan oldin mineral o‘g‘itlar bilan tuproqqa ishlov beriladi, yirik ko‘chatlarga esa mineral va organik o‘g‘itlar bilan ishlov beriladi.

×