Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan!

 Hurmatli yurtdoshlar va bog‘imiz mehmonlari!

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati tomonidan bolajonlar uchun bayram sovg‘asi tayyorlandi.

 2026-yil 1-iyun kuni
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun Botanika bog‘iga kirish bepul!

Ushbu bayram kunida farzandlaringiz bilan birgalikda tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqaring, noyob o‘simliklar kolleksiyasi bilan tanishing va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling.

 Botanika bog‘i – tabiatni sevish, ekologik madaniyatni shakllantirish va oilaviy dam olish uchun eng yaxshi maskanlardan biridir.

Barcha bolajonlarni va ularning ota-onalarini Botanika bog‘ida kutib qolamiz!

F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati.


×