Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Grek yong'og'i

Grek yong‘og‘i (Juglans regia L.) Орех грецкий

Grek yong‘og‘i balandligi 25-30 m ga, diametri 1-2 m ga yetadigan yirik daraxt. Shox-shabbasi keng, sharsimon. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Barg yozish bilan bir vaqtda (aprel oyida) gullaydi. Shamol vositasida chetdan changlanadi. Yong‘oqlari sentabr oyida yetiladi. Uning po‘stidan, bargidan, tanasining po‘stlog‘idan jigar rang bo‘yoq moddasi olinadi. Yong‘oq daraxti urug‘idan yaxshi ko'payadi. To‘nkasidan, parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Uni yashil qalamchadan ko‘paytirish mumkin, lekin sekin ko‘karadi. U tez o‘sadi, 400 yilgacha yashashi mumkin. Markaziy Osiyoda katta-katta tabiiy yong‘oqzorlar hosil qiladi. Hozir ularning maydoni 75000 gektarga yaqin. Eronda, Afg‘onistonda, Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada ham o‘sadi. Tog‘lik hududlarda dengiz sathidan 800-2300 m gacha ko‘tariladi. Markaziy Osiyoda, Kavkazda, Qrimda, Moldaviya va Ukrainada ko‘p ekiladi. Sovuqqa chidamsiz bo‘lganligidan MDH ning Yevropa qismida va shimoliy hududlarda ko‘p ekilmaydi. Yong‘oq yorug‘sevar o‘simlik, tuproq tanlaydi, unumdor va ohakli yerlarda yaxshi o‘sadi. Yog‘ochi o‘zakli, qattiq, og‘ir,uning teksturasi chiroyli yog‘ochiga mebel sanoatida talab yuqori. Yong‘oq daraxti ko‘kalamzorlashtirish maqsadida va mevali daraxt sifatida bog‘larda va aholi tomorqalarida juda ko‘p ekiladi.

Toshkent Botanika bog‘iga Júglans régia L. turning urug‘lari akademik F.N.Rusanov tamonidan 1966-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1966-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1967-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 1 tup katta yoshli daraxt o‘smoqda.


×