Sabina archasi (Juniperus Sabina L.) Можжевельник казацкий
Kazak archasi (Juniperus sabina L.) Bu archa turing tarqalish areali O‘rta Don va Jiguli tog‘lari, Orenburg viloyati, Tarbagatay, Sibir va Qozog‘istonning dasht zonasidagi uncha baland bo‘lmagan tog‘lar bilan chegaralangan. Bu archa Oltoy, Sayan tog‘larida, Qrim va Kavkazning tog‘li archa o‘rmonlarini yuqori tarqalish chegaralarida tabiiy holda o‘sadi. Bu archa turi Markaziy Osiyodagi archazorlarini yuqori tarqalish chegaralarida 2800-3200 m dengiz sathidan balandliklarda ham uchraydi. Balandligi 1.5 metrgacha bo‘lgan kichik daraxt bo‘lib, ko‘p hollarda yer bag‘irlab o‘suvchi shox-shabbalar hosil qiladi. Aprel-may oyida gullaydi. Ikki uyli. Bu archaning ildiz tizimi yuzaki, tuproqqa va namga kam talabchan lekin sovuqqa chidamli. Sekin o‘sishi bilan ajralib turadi. Urug‘idan va qalamchalaridan ko‘payadi. Bu archa turi boshqa turlar bilan archazor-o‘rmonlar hosil qiladi, ular suvni saqlash, muhofaza qilish va tuproqni himoyalash kabi muhim meliorativ funksiyalarini bajaradi. Keyingi yillarda bu archa turi ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida ko‘plab shaharlarga ekilmoqda.
Toshkent Botanika bog‘iga Juniperus Sabina L. turning urug‘lari akademik F.N. Rusanov tamonidan 1954-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko‘chatxonalarga ekilgan. Urug‘lardan ekilgan nihollar 1955-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1956-yilda igna bargli daraxtlar kollektsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda kollektsiyasida ushbu turning 1-ta katta yoshli daraxtlar o‘smoqda.