Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Hind nastarini

Hind nastarini (Lagerstroemia indica L.) Индийская сирень.

 Hind nastarini (Lagerstremia indica L.) bu o'simlik tabiatda 7 metr balandlikkacha o'suvchi buta hisoblanadi. Vatani Xitoy hisoblanadi, ma’daniy holda Hindistonda ko'p ekiladi. Gullari yirik, 3-4 smga ega, yorqin qizil rangda, to'pgulga yig'ilgan, uning uzunligi 20-25 sm. Buta iyun oxiridan toki oktyabrgacha gullaydi. Urug'lari yordamida va vegetativ usulda ko'paytirish mumkin. Asosan yog'ochlashgan novda qalamchalaridan ko'paytiriladi. Lagerstremiya sovuqqa chidamli, yorug'sevar, doimiy sug'orish imkoniyatlari mavjud joylarda yaxshi o'sadi va chiroyli gullaydi. Lagerstremiyaning yuqori manzaraviylik xususiyatlari uni O'zbekistonda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish uchun keng ta’siya etish uchun asos bo'ladi. Keyingi yillarda lagerstermiya o'simligi davomiy gullovchi manzarali buta sifatida Toshkent shahri sharoitlarida ko'kalamzorlashtirish va landshaft dizaynida keng foydalanilmoqda. Bu manzarali o'simlik respublikamizning quruq issiq sharoitlarda yaxshi o'sib rivojlanmoqda. Gullash davomiyligi 95-110 kun.


×