
Gliptostrobussimon metasekvoyya Метасеквойя глиптостробовидная (Metasequoia glyptostroboides Hu and W.C.Cheng, 1948)
Metasekvoyya (Metaseguoia) turkumi. Bu turkumning bitta gliptostrobussimon metasekvoyya (Metaseguoia glyptostroboides Mu.et.Cheng.) turi bor. U katta daraxt boiib, vatanida boyi 50 metrga, diametri 2 metrga yetadi. Shox-shabbasi tuxumsimon, qishda barglari to‘kilib ketadi. Metasekvoyya daraxti simpodial tipda shoxlanadi. Metasekvoyya bir uyli relikt o‘simlik. Metasekvoyya urugidan ko‘payadi. U o‘qildiz va yon ildizlar chiqaradi. Uni qishgi qalamchasidan ko‘paytirish mumkin. Metasekvoyyaning qoldiqlari Yaponiya va Xitoyda uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan. Bu tur uzoq geologik o‘tmishda Markaziy Xitoyning g‘arbiy tumanlarida yirik o‘rmonlar hosil etgan holda o‘sgan. U tabiatda soyaroq, nam yerlarda, tog‘ qiyaliklarida, daryo qirg‘oqlarida, qumoq, kislotali tuproqlarda o‘sadi. Metasekvoyya hozirgi paytda Xitoyda shaharlami ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi. Toshkent shahrida sovuqqa va qur g‘oqchilikka chidamliligi aniqlangan. Yog‘ochi sifatli, yaxshi mexanikaviy va fizikaviy xususiyatlarga ega. Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanilmoqda, mahalliy sharoitlarda yaxshi o‘smoqda.
Toshkent Botanika bog'iga Metasequoia glyptostroboides (HU & W.C.CHENG) turning urug’lari Xitoy davlatidan akademik F.N. Rusanov tamonidan 1957-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1958-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1981-yilda Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 15-ta katta yoshli daraxtlar o'smoqda.