G‘arb tuyasi “Golden globe” formasi (Thuja occidentalis f. Golden globe.) Туя западная ф. Золотой глобус
G‘arb tuyasi “Golden globe” formasi G‘arb tuyasining eng mashhur oltin ignabargli navlartidan biri hisoblanadi. Doirasimon yualoq bo‘lib shoxlanadi. Qisman soyada ekilganda ham o‘z tusini o‘zgartirmaydi, igna barglari oltin ranga ega. Mavsumga qarab o‘zgaruvchan qish faslida bronza ranga kiradi. G‘arb tuyasi “Oltin globus” formasi juda sekin o‘sadi. Uning balandligi hayotiy davomiyligida bor yo‘g‘i 1.5 metr balandlikdan oshmaydi. U asosan yashil qoplamalarda turli xil kompozitsiyadalarda ekish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan o‘simlik hisoblanadi. Tuproq unmdorligiga talabchan, o‘rtacha namlik yetarli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Yuqori novdalardagi barglari o‘tkir uchli, qattiq, yon novdalaridagisi to‘mtoq va oval shaklda bo‘lib, novdaga yopishib joylashadi. Ular daraxtda 2-3 yilgacha saqlanadi. G‘arb tuyasi bir uyli o‘simlik. Qubbalari 5-6 juft tangachadan iborat bo‘lib, cho‘ziqroq tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. Ular kuzda etiladi, bu vaqtda tangachalari ochilib. ichidan qanotchali urug‘lari to‘kiladi. Qalamcha va payvand qilib, parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. 6-8 yoshida changlana boshlaydi. Sekin o‘sadi. soyasevar daraxt bo‘lib, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Unumsiz yerda barglari sarg‘ayadi. Qurg‘oqchilikka ham, sovuqqa ham chidamli.
O‘zining chiroyli shaklini yo‘qotmaslik uchun bir mavsum davomida ikki marotaba bahorda va kuzda kesib shakl beriladi. Yosh ko‘chatlarini muntazam ravishda sug‘orish va mulchalashni talab etadi.