Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Acer palmatum

Yelpig’ich bargli zarang (Acer palmatum Thunb. (Lab.)) Клён веерный

Yelpig’ich bargli zarang yoki Yapon zarangi (Acer palmatum Thunb. (Lab.)) – turi, Zarang turkumi, Sapindaceae oilasiga mansub ko’p yillik daraxt. Tarqalishi: Yaponiya va Koreya. Daraxt shoxlari qizil-kulrang, poʻstlogʻi kulrang, silliq, diametri 8-15 sm, chetlari tishli, yetti, toʻqqiz, oʻn bir boʻlakli 3-5 sm uzunlikda, ko‘pincha biroz tukli kuzda barglari sariq dog‘lar bilan to‘q sariq-qizil rangga kiradi, gullar yorqin, binafsha-qizil, mevasi ancha uzun cho‘zilgan, aprel oyida barglar oldida hosil bo‘ladi. Daraxt past bo’yli o'sish turiga ega va taxminan 6 metrgacha bo'lgan balandlikka yetadi. Barglari dastlab yashil, qizil-binafsha rangdan qora-binafsha ranggacha, kuzda qizil rangga aylanadi. Gullar mayda, binafsha rangda, mevasi qizil. Payvandlash yoki yumshoq novdalar bilan ko’paytiriladi. Organik moddalarga boy, hamda yaxshi quritilgan, ozgina kislotali neytral ishqoriy tuproqda o'sishni afzal ko'radi. Quyoshda ham, qisman soyada ham o'sishi uchun juda qulay sharoit hisoblandi. Manzarali o’simlik sifatida ishalatiladi, barglarining rangi boshqa daraxtlarda takrorlanmas ko’rinishga ega bo’lganligi sababli landshaft dizaynida yakka holda yoki guruh bo’lib ekish uchun ishlatiladi. Toshkent Botanika bog'iga Acer palmatum Thunb.(Lab.) turning urug’lari Antvergen davlatidan A.A. Mavjudov tamonidan 1971-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1972-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1973-yilda Sharqiy Osiyo ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 1-ta Katta yoshli daraxt o'smoqda.


×