Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Qayragoch

Silliq qayrag‘och (Ulmus laevis Pall.) Вяз гладкий.

Silliq qayrag‘och (Ulmus laevis Pall.) bo‘yi 40 m ga, diametri 1 m ga yetadigan katta daraxt. Po‘stlog‘i to‘q jigarrangda, yupqa, po‘st tashlab turadi. Yosh novdasi tukli, shoxi ingichka silliq, yaltiroq, konussimon, ikki xil rangli tangachalari bor. Barglari to‘q yashil rangda, bandli oval shaklida, cheti ikki qator tishchali, uchi o‘tkir, yuz tomoni tuksiz, orqa tomoni esa tukli bo‘ladi. Navbat bilan joylashadi. Mevasi uzun bandda to‘da bo‘lib osilib turadi. Bandi qanotchasidan 2-5 marta uzun. Qanotchasi oval shaklida, cheti kiprikli. Yong‘oqchasi qanotchaning markazida joylashadi. Urug‘i unish xususiyatini tez yo‘qotadi. Shuning uchun yig‘ib olingan urug'lari tezda sepiladi. Ular 10-15 kunda unib chiqadi. Qayrag‘och o‘rmon yoki o‘rmon-dasht mintaqasida yaproqli yoki ninabargli hamda keng bargli aralash o‘rmonlarda o‘sadi. MDH da Kavkazda, Skandinaviyada, Angliyada va O‘rta Yevropada o‘sadi. Bu qayrag‘och sovuqqa chidamli bo'ladi, soyasevar daraxtlar orasida ikkinchi yarusda o‘sadi. Nam va unumdor yerlami xohlaydi, zambrug‘ kasalligi bilan zararlanadi. Yog‘ochi duradgorlikda, mashinasozlikda, xomut, g‘ildirak halqasi, chana yasashda ishlatiladi. Qayrag‘och yaxshi soya beradigan chiroyli shoxshabbasi bilan diqqatni jalb etadi. U parklarda ko‘p ekiladi. Unumdor yerlarda juda katta bo‘lib o‘sadi. Issiqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Bu qayrag‘och ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ilgaridan ekilib kelinadi. Respublikamizda issiq va quruq iqlimga chidamli bo‘lganligi uchun yuqori baholanadi.

Toshkent Botanika bog'iga Ulmus laevis Pall. turning urug’lari Frunze davlatidan F.N. Rusanov tamonidan 1950-yilda introduksiya qilish maqsadida olib kelinib ko’chatxonalarga ekilgan. Urug’lardan ekilgan nihollar 1950-yilning mart oyida unub chiqgan va yosh nihollari 1954-yilda Yevropa-Qrim-Kavkaz ekspozitsiyasiga ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirgi vaqtda ekspozitsiyada ushbu turning 2 -ta katta yoshli daraxtlari o'smoqda.


×