Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

AQSh sharqiy qismi o‘simligi. O‘zbekistonda manzarali va dorivor o‘simlik sifatida yetishtiriladi.  O‘rmon va adirlarning quruq va ochiq joylarida o‘sadi.

Botanical description of the plant

Exinaseya ko‘p yillik o‘simlik, bo‘yi 1 m. To‘plari 0,5 m diametrni egallaydi. Iqlimga bog‘liq ravishda may oyi oxiridan yoki iyul boshidan gullaydi. Alohida gullari germafrodit. O‘simlik hashoratlar (kapalak, ari) yordamida changlanadi.

Exinatsiya

Medicinal properties

O‘simlik immun tizimini umumiy barqarorlashtish xususiyatiga ega. O‘simlikdan Germeniyada 200 dar ortiq preparatlar tayyorlanadi. O‘simlikning ildizi va yer ustki qismidan yaralarni, kuyishni davolashda ishlatiladi. Exinaseya moddalar almashinuvini barqarorlashtiruvchi, antiseptik, o‘t haydovchi, ovqat xazm bo‘lishi va so‘lak ajralishini yaxshilovchi xususiyatga ega.  

Growing technology

Exinaseya odatda urug‘lari orqali ko‘paytiriladi.  Exinaseya o‘simligining plantatsiyalarini tashkil etish uchun mart oyida maxsus pollarga urug‘lar sepiladi. Gektar hisobiga yetadigan ko‘chat tayyorlab olish uchun pollarga 3-4 kg urug‘ sepiladi. Pollarda maxsus tayyorlangan tuproq (1-1-3=qum-go‘ng-tuproq) bo‘lishi kerak. Ekilgan urug‘lar ustidan elakdan o‘tkazilgan chirindiga boy tuproq 2-3 sm qalinlikda sepiladi. Urug‘lar sepilgandan so‘ng 25-30 kunda unib chiqadi. Mavsum davomida 8-9 marta sug‘orilib, doimiy ravishda begona o‘tlardan tozalanadi. Yil davomida o‘simlikning bo‘yi 15-20 sm.ga yetadi va katta maydonga ko‘chirib o‘tqazish uchun tayyor holga keladi. O‘simlik katta maydonga ekish uchun quyosh nuri yaxshi tushadigan maydon tanlanishi kerak. O‘simlik nihollarini ekish uchun tanlangan maydon sentabr oyida haydashdan oldin 50 tonna go‘ng, 100 kg fosfor gektariga solinadi. Maydon 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, molalanadi. Ko‘chatlar qator oralig‘i 70 sm, tup oralig‘i 25 sm masofada ekiladi. Mavsum davomida  8-10 marta sug‘oriladi, 2 marta kultivatsiya qilinib, begona o‘tlardan tozalanadi.

×