Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va O‘rta Osiyoda Tyan-Shan tog‘larida o‘sadi.
Ko‘p yillik o‘simlik. Ildizpoyasi 12 sm uzunlikda, ko‘p sonli uzun va ingichka ildizlardan iborat. Poyasi 30-90 sm ga boruvchi tik o‘suvchi , barglari tuxumsimon, gullari mayda ovalsimon, mevasi qo‘ng‘ir rangda yong‘oqsimon.
Qon to‘xtatishda, dizenteriyada, oshqozon-ichak kasalliklarida, oshqozon yaralarida, stomatit va genekologik kasalliklarda foydalaniladi.
Nam, gumusli, sug‘orish mumkin bo‘lgan ochiq joylarda, organik qo‘shimchalar solingan tuproq bo‘lishi kerak.