Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Kovrak yelim-smolasi qadimdan Eron, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonda tayyorlanib, ishlatilib kelingan. Yurtimizda kovrak yelimini tayyorlash 2006 yildan boshlandi. Kovrak turkumiga mansub turlar Kavkaz, O‘rta Osiyo respublikalari, G‘arbiy Sibirda, O‘rta yerdengizi mintaqalarida, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy hamda Hindistonda keng tarqalgan.Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro hamda Qoraqalpog‘iston respublikasi hududlarida qumli cho‘llar, adirlar, tog‘lar va tog‘oldi yalangliqlarda, sof tuproqli yerlarda o‘sadi.

Botanical description of the plant

Kovrak (Ferula) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar) Apiaceae (Umbliferae) oilasiga mansub bo‘lib ko‘p yillik o‘t o‘simliklardan iborat. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O‘rta Osiyo respublikalarida 104 turi, O‘zbekistonda esa 50 dan ziyod turlari uchraydi. Mahalliy aholi kovrak turkumining har xil turlariga qarab sassiq kovrak, rova, ravshak, kamol, mo‘rcha kamol va boshqa nomlar bilan atashadi. Smola-yelim olish uchun asosan 10 turi ishlatiladi, bular sassiq kovrak, rova, kuhiston kavragi va boshqa nomdagi kovraklar hisoblanadi, bu turlar, tashqi marfologik jihatdan bir-birlariga juda ham o‘xshab ketadi, ammo tabiatda sassiq kovrak (Ferula assa-foetida) keng tarqalgan bo‘lib, respublikamizda tayyorlanib iste’molchilarga yetkazib berilayotgan smola-yelim asosan shu turdan olinadi. Kovrakning bo‘yi 1.5-2 metrgacha yetadi, ildizi yo‘g‘on 15-20 smgacha yetadi, lavlagisimon chuqur joylashgan. O‘simlik poyasi 8-9 yilda bir marotaba o‘sib chiqadi va gullaydi-monokarp. Poyasi tik o‘suvchi, yo‘g‘on, ichi kovak yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, uch marta ajralgan. Barg bo‘laklari cho‘zinchoq, yoki lansetsimon. Poyadagi barglari maydaroq, tashqi tomoni juda ko‘p tuklar bilan qoplangan bo‘lib, poyada qini bilan ketma-ket o‘rnashgan. Gullari murakkab soyabonga to‘plangan. Guli och sariq, kosachasiz, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastda joylashgan. Mevasi ikki bo‘lakli donacha. Mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-mayda pishib yetiladi. O‘simlikning yer ustki qismlari o‘sish muhiti va ob-havo sharoitiga qarab 1.5-2 oy yashaydi.

Turkiston sassiqkovragi

Medicinal properties

Kovrakdan xalq tabobatida azaldan xavfli shishlar va zaxm kasalligini davolashda, undan olinadigan yelim-smolaning spirtli tindirmasi (nastoykasi) astma, tomir tortishi va asab kasalliklarida ishlatilib kelingan. Ilmiy tibbiyotda kovrak yelim-smolasi – “assa foetida” nomi bilan kukun, emul’siya va spirtli tindirma (nastoyka) hamda og‘riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko‘pgina davlatlar farmakopeyasiga kiritilgan. Sharq mamlakatlaridan Eron, Pokiston, Hindiston va Afg‘onistonda kovrak yelimi va ildizi kulinariyada ziravor sifatida, kosmetika sanoatida attorlik vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Tibbiyotda ishlatiladigan yelim-smola tarkibi efir moylari, unga sarimsoq hidi beruvchi organik sulfidlar, pinen, kumarinlar va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Kovrakning yelim-smolasi halq tabobatida tomir tortishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi.

Growing technology

Kovrak ildizidan yelim-smolasi olish erta bahordan boshlanib, kuzgacha davom etadi. Shuning uchun ham smola olish davrlari bahor va yoz fasllariga bo‘linadi. Buning uchun kovrak ildizi atrofini 5-10 santimetr chuqurlikda va 20-25 santimetr kenglikda kovlab, ildizining tepa qismi ochiladi. Kovrak ildizining ustki qismi ochilgandan so‘ng, yelim-smola olish uchun kesib qo‘yiladi, 5-6 kun o‘tgandan keyin sifatli yelim-smola shirasi yig‘iladi va to‘plangan yelim-smola yig‘ishtirib olinadi. Birdaniga yana boshqa joyidan kesib qo‘yiladi, mavsum davomida o‘simlik ildizining katta kichikligiga qarab 15-20 marotaba kesik qilinadi.

×