Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

O‘simlik tabiatda O‘rta Yer dengizi bo‘ylari, Balqon yarim orollari, Kichik Osiyo, Eron, Shimoliy Kavkaz, Qrim va Ukrainada tarqalgan.

Botanical description of the plant

Ko‘p  yillik o‘t, balandligi 100 smgacha boradi. Gullari binafsha rangda.

Dorivor galega

Medicinal properties

Dorivor xom-ashyo sifatida o‘simlikning yer ustki qismi va urug‘lari ishlatiladi. Ularning tarkibida galegin alkaloidi, glikozidlar, oqsillar va yog‘lar mavjud bo‘lib, xalq tabobatida siydik xaydovchi, og‘riq qoldiruvchi va qandli diabet kasalliklarini davolash vositasi sifatida foydalaniladi.

Growing technology

Kuzda  va erta bahorda ekib ko‘paytirish mumkin. O‘zbekistonda tarqalgan barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Uning ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etganligini e’tiborga olib uni eroziyaga uchraydigan tuproqlarda ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tuproqni yemirishdan himoya qiladi, urug‘lari orqali ko‘paytiriladi.
O‘simlik uzoq vaqt va yalpi gullashi uchun kuchli ravishda fosfor va azotli o‘g‘itlar solish kerak. Kuzgi shudgor vaqtida har gektar yerga 30-40 tonnadan go‘ng yoki 20 tonna go‘ngga 45 kg azotli yoki 60 kg fosforli o‘g‘itlar aralashtirib solinadi. Maydon 25-30 sm chuqurlikda haydaladi, molalanadi va 90 sm oraliqda qatorlar tortiladi.
Urug‘ 2-3 sm chuqurga qadaladi. Gektariga 10-12 kg.dan urug‘ ekiladi. Parvarish qilish ishlari dastlabki ko‘chat hosil bo‘lishi bilanoq boshlanadi. Birinchi o‘toq vaqtida yagana ham qilinib, qator oralari 15-20 sm masofada, har bir uyada 1-2 tadan o‘simlik qoldiriladi. Qator oralari yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi.

×