Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Area

Nam yerlarda, ariq bo‘ylarida, bog‘larda va polizlarda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belarus, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkazda, Sibirning janubiy tumanlarida. Uzok Sharq va o‘rta Osiyoda uchraydi.  O‘simlik gullaganida uning yer ustki  qismi 40 sm gacha uzunlikda o‘rib olinadi va soya yerda quritiladi.

Botanical description of the plant

Shaftolibarg toron -Polygonum persicaria L.; torondoshlar -Polygonaceae oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 20-50 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, bo‘g‘inli, pastki qismi ko‘tariluvchi va shoxlangan. Bargi oddiy, lansetsimon, tekis qirrali, qizil qo‘ngir rangli dog‘li bo‘lib, poyada kalta bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Gullari shingilga to‘plangan. Mevasi - qora rangli, tuxumsimon yongoqcha.  Iyul oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.

Suv qalampiri

Medicinal properties

Mahsulot tarkibida 1% askorbin kislota, vitamin K, 1,5% tanin, gallat kislota, 0,05% efir moyi, flavonoidlar (gnperozid, persikari, avikulyarin va kversitrin), organik kislotalar, polisaxaridlar xamda boshqa birikmalar bo‘ladi. Maxsulotning dorivor preparatlari qabziyat (atonik va spastik qabziyat)da surgi dori sifatida hamda qon to‘xtatuvchi vosita sifatida bachadondan va gemorroidal qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari damlama shaklda.

Growing technology

Shaftoli bargli toron urug‘larini sentabr oyining boshlaridan yoki dekabr oyining o‘rtalaridan tuproqqa sepish amalga oshiriladi. Tuproq tanlamaydi. Sug‘orish bir meyorda amalga oshiriladi. Lekin tez-tez emas. O‘g‘itlar yilda 2 marta(bahor va yozda beriladi, asosan kompleks mineral o‘g‘itlardan foydalaniladi. Urug‘lari orqali ko‘payadi. Shaftoli bargli toron o‘simligini yetishtirish texnologiyasi gazon yetishtirsh texnologiyasi singari amalga oshiriladi. Qator oralari 25-30 sm ni tashkil etadi. Urug‘larni unib chiqishi biroz vaqt talab qiladi. Urug‘ sepishdan 1 oy oldin tuproq chuqur qilib xaydaladi va yuza qismi tekislanadi biroz vaqt davomida begona o‘tlar yer yuzida ko‘rinadi va ularni pestitsidlar yordamida yo‘q qilinadi. Kimyoviy ishlov berilgandan 2 hafta o‘tgach toron urug‘larini ekish amalga oshiriladi. 1m kv maydonga 10-12 gr urug‘, 100m kv maydonga -1kg urug‘ sarflanadi.

×