Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Botanical description of the plant

Daraxt 8-10 m,chiroyli shox-shabbasi dumalok yoki piramidasimon.Bargi yirik tuxumsimon usti tuk yashil, orkasi tukli ketma –ket joylashgan, tukilish davrida qizgish rangga kiradi.Guli bir bazan ikki jinsli.Аprel-mayda gullaydi.Oktabr-noyabr oylarida pishadi.Kavkaz xurmosi sovuqqa chidamli.

Kavkaz xurmosi

Growing technology

Xurmo koʼchatlari asosan vegetativ usulda, ya'ni payvandtagga kurtak payvand qilish yoʼli bilan amalga oshiriladi. Kavkaz va virgin xurmosi urugʼlari kuzda, yumshamasdan oldin teriladi. Terilgan mevalar soya joylarda yumshagan holatgacha ushlanadi va yumshoq moslamalar yoki qoʼl bilan ezgʼilanadi, urugʼlari mavalardan ajratiladi. Soʼngra suvli idishda solinadi.
Bunda, meva eti, poʼstlogʼi va puch urugʼlar suv betiga qalqib chiqadi va ular olib tashlanadi. Toʼq urugʼlar idish tubiga choʼkadi. Mevasidan ajratilgan urugʼlari soyada 2-3 sm qalinlikda yoyib quritiladi, kuniga 2-3 marta aralashtirilib turiladi. 1000 ta urugʼ ogʼirligi kavkaz xurmosida 130-140 g boʼladi. 1 kg virgin xurmosi urugʼlarida 2500-3000 dona urugʼ boʼladi. Urugʼ ekilishining eng yaxshi optimalьmuddati – bahor fasliga (mart oyi) toʼgʼri keladi. Kuzda sepilgan urugʼlar ham bahor faslida mart-aprelь oyda qiygʼos unib chiqadi, lekin nihollar baʼzan erta bahorgi past haroratdan nobud nobud boʼlishi mumkin.
Kuzda tayyorlangan va quruq saqlangan urugʼlar 2 kun davomida suvda ivitiladi (suvi almashtirilib turiladi). Ekishdan oldin tayyorlangan yerda 60 sm egatlar olinadi. Urugʼlarning ekish meʼyori 4 gr. p/m. Yoki 70 kg/ga. Urugʼlar egatlar ustiga 3-4 sm chuqurlikka ekiladi. Urugʼ ekib
boʼlgach, egatlar zaxlatib sugʼoriladi. Mart oyining ob-havosiga bogʼliq holda, nihollar unib chiqmasdan oldin yana bir marta sugʼoriladi

×