Yevroosiyo, Skandinaviyadan to O‘rtaer dengizigacha va Britaniya orollaridan Sharqiy Sibir va Hindiston janubiy tomonlari, Afrikaning Shimoliy qismlarida uchratish mumkin. Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz va Sibirda uchratish mumkin.
Veronika turkumiga mansub, ko‘p yillik, Zubturumdoshlar oilasiga mansub o‘simlik .Bo‘yi 15-30smgacha yetadi. Ildizi ingichk. Sudraluvchi, ingichka kalta ildizlarga ega bo‘lgan o‘simlik. Barglari uzunligi 1,5-4smgacha, kengligi 1-2sm. Mevasi ko‘p urug‘li 4-5mmgacha. Urug‘larikengligi 1mm. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevalari iyul-oktabr oylarida pishib yetiladi.
Rossiyada ilmiy tibbyotda qo‘llanilmaydi. O‘simlik G‘arbiy Yevropa rasmiy tibbyotida qo‘llaniladi. Xalq tabobatida turli xil dorivor shakllaridan foydalaniladi. Nastoykasi- ishtaxa ochuvchi, jigar va buyrak kasalliklarida, oshqozon yallig‘lanishida, diareyada, bosh og‘rig‘ida, bronxial astma, uyqusizlik va revmatizmda qo‘llaniladi. Kompress- turli xil jarohatlarda. Vannalar-yosh bolalarda kechuvchi teri kasalliklarida qo‘llaniladi.
Yerni 30sm chuqurlikda haydaladi, o‘simlik ekiladigan maydon begona o‘tlardan xoli bo‘lishi kerak. O‘g‘it sifatida asosan mineral o‘g‘itlar azot , fosfor va kaliydan foydalaniladi. Fosfor-kaliyli o‘g‘itlar urug‘ sepish davrida va kuzda qo‘llaniladi. Hosil yuqori bo‘ladi, urug‘larni ekishdan oldin rizotorfin yoki nitrogin bilan ishlov beriladi. Urug‘ni sepish maxsus don sepish seyalkalarida amalga oshiriladi. Urug‘ sepish me’yori 15-16kg/ga. Urug‘larni 2-3sm chuqurlikda ekiladi.