Nam yerlarda, ariq bo‘ylarida, bog‘larda va polizlarda o‘sadi. Asosan Ukraina, Belarus, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkazda, Sibirning janubiy tumanlarida. Uzok Sharq va o‘rta Osiyoda uchraydi. O‘simlik gullaganida uning yer ustki qismi 40 sm gacha uzunlikda o‘rib olinadi va soya yerda quritiladi.
Mahsulot tarkibida 1% askorbin kislota, vitamin K, 1,5% tanin, gallat kislota, 0,05% efir moyi, flavonoidlar (gnperozid, persikari, avikulyarin va kversitrin), organik kislotalar, polisaxaridlar xamda boshqa birikmalar bo‘ladi. Maxsulotning dorivor preparatlari qabziyat (atonik va spastik qabziyat)da surgi dori sifatida hamda qon to‘xtatuvchi vosita sifatida bachadondan va gemorroidal qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Dorivor preparatlari damlama shaklda.