Oddiy bangidevona - ituzumdoshlar - oilasiga kiradi.
Bir yillik, yoknmsiz hidli, boʼyi 100-120 sm ga yetadigan oʼt oʼsimlik. Poyasi tik oʼsuvchi, tuksiz, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, tuxumsimon, Oʼtkir uchli, notekis chuqur oʼyilgan boʼlakli, bandli, tuk yashil, tuksiz (poyaniig yukori kismndagilari tukli) bulib, poyada ketma-ket joylashgan. Gullari yirik, poyada yakka-yakka oʼrnashgan. Gulkosachasi naychasimon, besh kirrali, besh tishli, asos qismi xalqa shaklida meva bilan birga qoladi. Gultojisi oq voronkasimon, uzun va tor naychali, burchaksimon oʼyilgan, besh tishli, qayrilgan, gulkosachasidan ikki marta katta; otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - tuxumsimon, qattik va yoʼgʼon tikanlar bilan qoplangan, tik oʼsuvchi, toʼrtta chanogʼi bilan ochiladigan koʼsak. Urugʼi qora, xira, yumaloq buyraksimon, yassi, ustki tomonida mayda chuqurchalari boʼladi.
Bangidevona iyunь oyidan kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab pishadi. Oʼsnmlikning hamma qismi zaharli.
Bangidevona oʼsimligini Oʼzbekistonning namgarchilik yetarli mintaqalarida tarqalgan tuproqlarda, ayniqsa, sugʼoriladigan tuproqlarda ekib oʼstirish maqsadga muvofiq boʼladi. Bangidevonani pomidor, kartoshka, tamaki (ituzumdoshlar oilasi) kabi oʼsimliklar ekilgan maydonlarga joylashtirish tavsiya etilmaydi. Chunki bu oʼsimliklarni zararlovchi hasharotlar bangidevonani kasallantiruvchi hasharotlar hisoblanadi. Bangidevona ekiladigan tuproqlarda qanaqangi oʼtmishdosh ekin ekilganligidan qatʼiy nazar, kuz oylarida yerlarni haydash oldidan gektariga 20-25 tonna chirigan goʼng, 70 kg dan sof fosfor oʼgʼiti bilan oziqlantirilib, 25-27 sm chuqurlikkacha traktor bilan haydab qoʼyish lozim boʼladi. Bangidevonani erta bahorda ekilsa hosildorlik yuqori boʼladi.
Oʼsimlik urugʼini erta bahorda ekishdan oldin yerlarni borona va molalar bilan tekislab tuproq harorati 15-17°S boʼlganda qator oralarini 60 sm dan qilib sabzavot ekadigan seyalkalar bilan gektariga 10 kg urugʼ sarflab, uning chuqurligi oʼrtacha qumloq tuproqiarda 4-5 sm, mexanik tarkibli ogʼir boʼlgan yerlarda esa 3-4 sm chuqurlikda ekiladi. Oʼsimlik urugʼlari ekilgandan keyin 15-22 kunda oʼsib chiqadi. Uning vegetatsion davrining uzunligi (maysalar unib chiqib to gullaguncha) 100 kungacha boradi. Bangidevonani oʼsib chiqqan yosh nihollari begona oʼtlarga unchalik bardosh berolmasligi sababli tezlik bilan qator oralariga ishlov berilishni kuchaytirish lozim, bu ayniqsa bangidevonani shonalash davrigacha davom ettiriladi. Oʼsimlikni qator oralarini ishlashda koʼchatlarni tuproq va kesakchalar koʼmib yubormasligi uchun mexanizmlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak boʼladi. Oʼsimlik 3-4 ta chin barg chiqargandan keyin yaganalab, har bir uyaga orasini 60 sm dan qilib 2 tadan sogʼlom koʼchat qoldiriladi. Bangidevonani oralariga keyingi ishlov berishda va begona oʼtlarni yoʼqotishda tuproqning zichlanishiga qarab davom ettirish lozim boʼladi. Keyinchalik oʼsimlikning boʼyi 1 metrga yetganda serbarg boʼlganda bangidevona oʼtlarni siqib koʼyadi. Bangidevona oʼsimligini oʼsishi, rivojlanishi, xom-ashyosi tarkibidagi biologik faol moddalarning koʼproq toʼplanishiga, unga beriladigan organik va mineral oʼgʼitlar miqdoriga,
vegetatsiya davomida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarga bogʼliqdir. Birinchi oziqlantirishni bangidevona 5-7 ta chin barg chiqarganda boshlash kerak boʼladi. Oʼsimlik azotli va fosforli oʼgʼitlarni koʼproq talab qiladi. Bu davrda gektar hisobiga 30 kg azot, 20 kg fosfor beriladi. Oʼgʼit berish natijasida maysalar tez rivojlana boshlaydi. Oʼsimlik oʼgʼitlarga talabchan boʼlganligini hisobga olib, ikkinchi oʼgʼitlashni shonalash davrida gektariga 30 kg azot va 20 kg kaliy oʼgʼitlarni berish bilan amalga oshirish kerak boʼladi. Har bir oʼgʼitlash oʼsimlikni sugʼorishdan oldin amalga oshiriladi. Oʼgʼitlash natijasida oʼsimlikning boʼyi 30-40 sm ga koʼtariladi va barglar soni ham koʼpayadi. Bangidevona yoppasiga gullaganda gektariga 40 kg dan azot, 20 kg dan fosfor va kaliy oʼgʼiti berish bilan tugallanadi. Oʼtkazilgan tadbirlar natijasida uning asosiy xom-ashyosi hisoblangan barglari juda yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davomida bangidevona oʼsimligiga 100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy oʼgʼiti bilan oziqlantirish tavsiya yetiladi. Mavsum davomida bangidevona ekinzorlari havo harorati va tuproq tarkibidagi namlikni hisobga olgan holda 8-9 marta sugʼorish tavsiya qilinadi. Bangidevona meva hosil qilgandan keyin uning barglarini terish mumkin boʼladi. Birinchi navbatda toʼliq yetilgan va koʼk barglari dumsiz teriladi. Undan keyin yetilgan va ochilganlari teriladi. Namgarchilik yomgʼir yoqqanda va sovuq tushganda barglari terishni tavsiya qilinmaydi. Agar oziqlantirish, sugʼorish va qator oralariga oʼz vaqtida ishlov oʼtkazilsa zararkunanda kasalliklarga yoʼl qoʼyilmasa bangidevona oʼsimligidan 10-12 sentyabrgacha quruq barg yigʼib olish mumkin. Bangidevona barglarini 3 marotaba yigʼib olingandan keyin, silos yigʼadigan kombayn bilan oʼsimlikni oʼrib olib daladan tashqariga chiqarib yoqib yuboriladi.