Uzoq Sharq ekspozitsiyasi 4 gektar maydondan iborat bo‘lib, 1953 yil kuzida tashkil topgan. 1953-yil ma’lumolariga ko‘ra, ekspozitsiyada 170 turdagi darxat-buta oʻsimliklari mavjud bo‘lgan. Turlar soninig kamayish sabablari ekologiya, iqlim va biologik sharoitlarning nomuvofiqligi hisoblanadi. Oʻsimliklar tuproq tarkibi va suv rejimiga juda talabchan. Ayni vaqtda ekspozitsiyada 24 oila, 38 turkumga mansub 58 tur mavjud. Yil davomida Uzoq Sharq ekspozitsiyasidagi mavjud daraxt va butalarga agrotexnik ishlov berildi. Mavsum davomida kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash ishlari olib borildi.