Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘ining 2025-2029 yillarga mo'lljalangan «Raqamli tabiat» davlat dasturi doirasida Toshkent Botanika bog‘ida manzarali o‘simliklarning o‘sishi va gullash dinamikasi o‘rganilmoqda
Toshkent Botanika bog‘ida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar doirasida turli floraga mansub manzarali o‘simliklarning biologik xususiyatlari, o‘sishi, rivojlanishi hamda mavsumiy gullash jarayonlari o‘rganilmoqda.
Bignoniaceae oilasiga mansub Campsis radicans, Catalpa × Chilopsis va Chilopsis linearis turlarining biometrik ko‘rsatkichlari va gullash dinamikasi bo‘yicha ilmiy kuzatuvlar olib borildi.Tadqiqot davomida o‘simliklarning vegetatsiya davridagi o‘sish sur’atlari, gullash bosqichlarining boshlanishi va davomiyligi, bir sutka davomida gullarning ochilish xususiyatlari hamda harorat va havoning nisbiy namligi kabi ekologik omillarning ta’siri tahlil qilindi.

