Yagona aloqa raqami (+998) 55 512 14 24 Ishonch telefoni (+998) 55 514 14 24

Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

MATBUOT HABARNOMASI

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i tomonidan o‘simliklarni introduksiya qilish, iqlimga moslash, biologik xilma-xillikni saqlash va jamoatchilikni  tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha 20 dan ortiq, shu jumladan Germaniya, Avstriya, Fransiya, AQSh Rossiya, Polsha Islandiya, Nedirlandiya, Shveysariya, Ispaniya va boshqa davlatlarning botanika bog‘lari bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muayan ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent Botanika bog‘i 2012 yildan Xalqaro Fanlar akademiyasi assotsiatsiyasi qoshidagi MDH Botinika bog‘lari Kengashi a’zosi hisoblanadi. Toshkent botanika bog‘ining 2020 yil faoliyati yakuni bo‘yicha  ma’lumot chop etiladigan Kengash Byulletenga kiritish uchun yo‘llangan.

Shuningdek, 2021 yilning may oyida Toshkent Botanika bog‘i, 118 ta davlatlardagi 800 ta botanika bog‘lari bilan ish olib boruvchi hamda o‘simliklarni saqlab qolish bo‘yicha o‘zaro hamkorligi dunyodagi eng katta tarmoqni tashkil etuvchi Xalqari Botanika bog‘larini himoya qilish (BGCI, London) tashkilotiga a’zolikka qabul qilindi.

Joriy yilning 15 iyun kuni Toshkent botanika bog‘iga M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Botanika bog‘i direktori V.V. Chub va ilmiy xodimlari tashrif buyurishdi va Toshkent botanika bog‘i raxbariyati bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida Toshkent botanika bog‘i direktori S.X. Abdinazarov mehmonlarni bog‘ faoliyati bilan batafsil tanishtirdi, ular uchun Toshkent botanika bog‘i ekspozitsiyalari va oranjereyasi bo‘yicha ekskursiya tashkil etildi. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Botanika bog‘i direktori o‘z navbatida uchrashuv qatnashchilariga muassasaning ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda Toshkent botanika bog‘i kolleksiyasini to‘ldirish uchun lolaning 11 ta yangi navlari ning piyozini taqdim etdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i va M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Botanika bog‘i o‘rtasida tabiiy florani, manzarali, dorivor va boshqa foydali o‘simliklarni himoya qilish va  takror yetishtirish, o‘zaro tajriba va ilmiy-tadqiqot sohasida axboroti almashish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Uchrashuvdan foto lavhalar

 


×